Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida nodir fondlarni saqlash va ta'mirlash masalasi ko‘rib chiqildi
“INFOLIB UZBEKISTAN-2019” VIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida axborot-kutubxona muassasalari nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassislar hamda muzey, arxiv xodimlari uchun “Axborot-kutubxona markazlari nodir fondlarini saqlash va ta'mirlash: muammo va yechimlar” mavzucida seminar tashkil etildi.
Seminar-trening maqsadi ishtirokchilariga tarixiy yodgorliklarni hujjatlashtirish, saqlash, konservatsiya va restavratsiya qilish, ulardan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish haqida tushuncha berish va ularga amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati rahbari N.Zoitova mutaxassislarga nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan axborot-kutubxona resurslarini belgilash, aniqlash, alohida fondga yoki kichik fondga ajratish, ularni maxsus himoyalash va hisob hujjatnomalarida alohida qayd etish zarurligini aytib o‘tdi. “Nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan axborot-kutubxona resurslarini fondlardan dolzarbligini yo‘qotgani yoki yaroqsiz holga kelgani kabi sabablar bilan hisobdan chiqarish holatlarining oldini olish muhimdir. Ko‘chirish, yangi kolleksiyalar qo‘shilganligi yoki yo‘qolgani sababli ularning tarkibida yuz bergan har qanday o‘zgarishlar bo‘yicha albatta yozma ravishda rahbariyatga ma'lum qilishingiz, dalolatnomalar asosida axborot-kutubxona muassasalarining ichki hisob hujjatnomalarida qayd etishingiz zarurdir”, - dedi u.
Axborot kutubxona resurslarini konservatsiya va restavratsiya qilish xizmatining bosh mutaxassisi Sh.Po‘latov seminar-trening ishtirokchilariga konservatsiya tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va nashrlarni restavratsiya qilishdagi asosiy prinsiplar haqida ma'lumot berdi. Shuningdek u nodir va alohida qiymatli axborot-kutubxona resurslarini saqlash va ulardan foydalanish tartibi, nodir nashrlarni konservatsiya qilish usullari, raqamlashtirishga topshirish tartibi va ahamiyati va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
O‘quv mashg‘uloti ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar va tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdilar.
Mavzuga oid
00:09 / 01.09.2024
Florida kutubxonalarida Heminguey va Tolstoy asarlari taqiqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
16:36 / 23.07.2024
Xalq ziyoli bo‘lishi uchun bolalar kitob o‘qishi kerak – hukumat bunda qanday ishtirok etadi?
17:36 / 30.04.2024
Banklar Toshkentdagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etadi
11:31 / 06.04.2024