Endilikda Özbekiston aholisiga tabiiy gaz mavjud resursga qarab emas, talabga köra yetkazilişi möljallanmoqda. Bu haqda «Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati raisi Uluğbek Sayidov Kun.uz`ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Suhbat davomida «Öztransgaz» rahbari şu va boşqa qator mavzular yuzasidan fikr bildirib ötdi.

– Kattaqörğondagi bir neça qişloqda magistral gaz quvuri yoqasida qurilgan uy-joylar mojarosi 13 yildan beri davom etmoqda. Kun.uz ham bu masalani örgangan edi. Muammoning yeçimi bormi?

– Mazkur masala diqqat markazimizda turibdi. Bu uylar «Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toşkent» magistral quvuri atrofida qurilgan va bu quvur juda eskirgan. 2007-2010 yillarda şu quvur atrofidagi qurilişlar yuzasidan köp tortişuvlar bölgan, 12 ta quriliş böyiça kompensatsiyalar tölab ham berilgan. Ammo har bir magistral gaz quvurining himoya zonasi bor, hajmiga yaraşa bu zona 125, 140, 200 metrgaça bölişi mumkin.

Örganişlar şuni körsatmoqdaki, «Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toşkent» magistral quvuri atrofida yana 88 ta ana şunday holatlar aniqlangan. Ya'ni bu faqat Kattaqörğon bilan çeklanib qolmaydi. Şu sababli bu masala Senatning yalpi yiğilişida kötarildi va hukumatga parlament sörovi yuborildi.

Hukumat tomonidan tuzilgan maxsus işçi tomonidan guruh magistral gaz quvurlari himoya zonasidagi barça bino-inşootlar xoh u qonuniy, xoh noqonuniy bölsin, inventarizatsiya qilinadi va şundan keyin ularning keyingi taqdiri böyiça bir qarorga kelinadi.

Bir narsani ta'kidlaşni istardim, himoya zonasi bejizga belgilanmagan. Bu talablarning aksariyati qon bilan yozilgan, ular qöllanilişiga qandaydir holatlar sabab bölgan. Biz uçun yurtdoşlarimiz xavfsizligi birinçi örinda turadi.

– Xaritada yurtimizga kirib kelgan va çiqib ketayotgan juda köp gaz quvurlarini köryapmiz. Kiriş va çiqiş örtasidagi tafovut qay darajada?

– Özbekiston azaldan gaz eksport qiluvçi davlat hisoblangan va biz heç qaçon import qilmaganmiz. Mamlakatimiz eksportdan taşqari tranzit xizmatlarini ham körsatuvçi davlat hamdir. Eksportimiz asosan Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Xitoy kabi davlatlarga yönaltirilgan.