Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat: Madaniyat vazirligi tomonidan ayrim vazifalar belgilangan muddatlarda bajarilmagan
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamda Madaniyat vazirligining 2019 yilning to‘qqiz oyi davomidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining joriy yil davomidagi faoliyatida 44 ta maqsadli vazifa amalga oshirilishi belgilangan, shundan 26 tasi joriy yilning I-Sh choraklarida bajarilishi lozim edi. Ularning ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida jami 5430 ta madaniy meros obektining manzilli ro‘yxati tuzilgan va tasdiqlangan.
Hududlardagi bolalar musiqa va san'at maktablarida 4045 nafar oliy ma'lumotli mutaxassis o‘qituvchiga ehtiyoj borligi aniqlangan, kamida uch yil mehnat stajiga ega 5131 nafar mutaxassisning ro‘yxati shakllantirilgan. Bolalar musiqa va san'at maktablari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida maxsus sirtqi bo‘lim ochilgan.
Majlisda vazirlik tomonidan ayrim vazifalar belgilangan muddatlarda bajarilmaganligiga urg‘u berildi. Jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida 50 ta istirohat bog‘i faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan bo‘lib, bugunga qadar tadbirkorlik sub'yektlarining biznes-reja loyihalari vazirlikning tegishli boshqarmalari tomonidan haligacha ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar binolarini qurish ishlari olib borilishi muddati 2019 yilning I-III choraklari etib belgilangan bo‘lsa-da, buning ijrosi ham ta'minlanmagan.
Muhokama natijalari bo‘yicha Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta'minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirildi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
08:33 / 05.06.2026