Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi xonadonda gazning portlashi ayanchli oqibatga olib keldi
2019 yilning 29 oktabr kuni soat 08:17da Samarqand shahri Zafar ko‘chasida joylashgan 4-uyning 7-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Voqea joyiga 5 daqiqada yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 08:25 da o‘rab olingan va soat 08:50 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyi oshxonasining 15 kv. metr maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etish vaqtida 1952 y.t. uy bekasi fuqaro R.G.ning kuygan holda jasadi topilgan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yuqorida ko‘rsatilgan manzilda gaz uskunalarini o‘rnatish qoidalariga buzilganligi ma'lum bo‘lgan.

Yong‘inni taxminiy kelib chiqish sababi - xonaga to‘planib qolgan tabiiy gaz hidini sezmagan uy bekasi fuqaro R.G. elektr tarmog‘idan foydalanish vaqtida uchqun chiqishi natijasida yuzaga kelgan chaqnash.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
09:00 / 22.06.2026