Yangiyo‘lda metallkonstruksiya zavodi quriladi. Undagi mahsulotlar AES loyihalariga sotiladi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida metallkonstruksiya zavodi quriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligining “Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida metallkonstruksiya zavodi qurilishi” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar loyiha doirasida:
ta'sischisi “Enter Engineering Pte Ltd.” (Singapur) kompaniyasi bo‘lgan “Steel Structure & Solutions” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxona tashkil etilgan;
zavodning qurilishi energiya tejaydigan uskunalardan foydalanish asosida bug‘ gazlaridan chiquvchi ortiqcha issiqlik va chiqindi gazlarni qaytarib olish texnologiyasini joriy qilgan holda investor mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
belgilangan tartibda investor bilan huquq va majburiyatlarni, investitsiyalar hajmini, yaratilayotgan ish o‘rinlarining rejalashtirilgan sonini, investorga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarni, shuningdek, boshqa investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni ilovaga muvofiq dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlarni hisobga olgan holda investitsiya shartnomasini tuzishni;
investor tomonidan investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilishni ta'minlaydi.
Loyihani amalga oshirish doirasida:
“Steel Structure & Solutions” MChJ – buyurtmachi;
“Enter Engineering Pte Ltd.” (Singapur) kompaniyasi – loyihani “kalit osti” (Engineering, procurement and construction – YeRS) shartlari asosida amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot etib belgilab quyiladi.
Loyiha doirasida 2020 yil 1 iyuligacha bo‘lgan davrda, istisno tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni qurilish-montaj ishlari bilan birgalikda bajarishga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tomonidan 2019 yil 1 dekabrgacha buyurtmachiga qurilayotgan metallkonstruksiya zavodi uchun tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari uchun maqbul ulanish joylari berilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi ishlab chiqilayotgan ishchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazilishini va obektlarda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi loyihaning davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi va uni amalga oshirish jarayonida ekologik qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi tomonidan, istisno tariqasida, tegishli buyurtmalar bo‘yicha loyiha doirasida metall prokat, sement va yoqilg‘i-moylash materiallarini buyurtmachiga berishni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 100 foiz oldindan to‘lash sharti bilan birja kotirovkalarining o‘rtacha narxlarida ajratish ta'minlanadi.
Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilardan ozod qilinadi:
a) buyurtmachini tashkil etilganidan boshlab va qurilish davrida, ishlab chiqarish boshlanganidan keyin 7 yil davomida – yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mulk solig‘i, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, avtotransport yig‘imlari, yer solig‘i, suv solig‘idan;
b) buyurtmachi va bosh pudrat tashkilotini 2020 yil 1 sentyabrgacha:
olib kiriladigan va ro‘yxati o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan uskunalar va ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallar, mashina va mexanizmlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, maxsus texnikalar va ularga ehtiyot qismlar hamda transport vositalari va ularga ehtiyot qismlar, texnologik osnastkalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, priborlar va instrumentlar, texnik va loyiha hujjatlarini, shu qatorda "vaqtincha olib kirish" bojxona rejimida – bojxona to‘lovlaridan (bojxona majburiy to‘lovlaridan tashqari);
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha buyurtmachini, shuningdek bosh pudratchi tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan sotilgan tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni – qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
ko‘rsatilayotgan xizmatlarni, olib kiriladigan tovarlar, materiallar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik osnastkalar, priborlar, transport vositalari, ehtiyoj qismlar, instrumentlar, yoqilg‘i-moylash materiallarini O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlash uchun yig‘imlar, davlat bojlari va to‘lovlarni to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasida tegishli akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan holda import qilinadigan materiallar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik osnastkalar, priborlar, ehtiyoj qismlar, instrumentlar, transport vositalarini majburiy sertifikatlash tartibidan;
loyihani amalga oshirish davrida buyurtmachiga ish va xizmat ko‘rsatadigan xorijiy kompaniyalar-norezidentlarning doimiy muassasa va manbalar orqali olingan daromadlari (shuningdek, loyihalar doirasida xorijiy banklar va moliya institutlarining daromadlari) yuridik shaxslarning foyda solig‘idan;
buyurtmachi va bosh pudratchi tomonidan jalb qilingan xorijiy xodimlarni jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan.
Buyurtmachi ishlab chiqarish sikli uchun olib kirilayotgan xomashyo va materiallar (shu jumladan, lekin cheklanmagan holda: matel prokat, kimyoviy reagentlar va rangli metallar) uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.
Buyurtmachiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha metallkonstruksiyani O‘zbekiston Respublikasida birinchi atom elektr stansiyasi loyihalariga va neft va gaz, energetika sohalariga sotish uchun ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Steel Structure & Solutions” MChJning talabnomasiga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga, zarurat bo‘lganda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda, konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan ko‘p martalik kirish vizalarini berilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmachining talabnomasiga binoan belgilangan tartibda davlat bojini undirmasdan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirishni, shuningdek vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirishni ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda buyurtmachining talabnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchilarni jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni berish (uzaytirish)ni ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27 / 26.04.2025
Mavzuga oid

16:48 / 28.03.2025
Yangiyo‘ldagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi

10:17 / 27.03.2025
Yangiyo‘lda qurilish kranining o‘q qismi bog‘cha tomiga quladi

22:49 / 16.03.2025
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi

10:06 / 15.03.2025