Oliy ta'lim vazirligi talabalardan noqonuniy pul yig‘ish holati bo‘yicha izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universitetida talabalarga majburan kitob sotilayotgani to‘g‘risida ma'lumot qoldirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan universitet ma'muriyati universitet jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzib, holatni o‘rganib chiqdi xamda vaziyatga oydinlik kiritildi.
Ma'lum bo‘lishicha, haqiqatdan ham, universitetning filologiya fakulteti 1-bosqich talabalariga ularning ta'lim yo‘nalishidan kelib chiqqan holda oliygoh “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi professori Xanifa Solihova hamda shoir Muhammadjon Maxjuriyning kitoblari targ‘ib qilish hamda qiziquvchilarga ixtiyoriy sotib olishi uchun tarqatilgan.
Holat yuzasidan universitet rektori hamda tuzilgan ishchi guruh a'zolari guruh sardorlari va talabalar bilan alohida alohida suhbatlashgan. Talabalarga har qanday salbiy holatlar ro‘y bersa, rektoriga murojaat qilishlari yoki universitetning rasmiy telegram kanali botiga anonim tarzda xabar yuborishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan.
Tarqatilgan kitoblar qaytarib olingan, ushbu holatlarni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan kafedra mudiri H.Karimovga ogohlantirish berilgan.
Oliy ta'lim muassasalarida talabalar va professor-o‘qituvchilaridan noqonuniy pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmaydi va vazirlik tomonidan bunday holatlar sodir bo‘lganda qonuniy choralar ko‘rilishidan barcha OTM rektorlari (filial direktorlari) ogohlantirilgan.
Shu bilan birga, vazirlik talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobsevar yoshlarni rag‘batlantirish yo‘lidagi sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashi aytiladi.
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba
11:38 / 25.10.2024
Viloyatlar orasida eng zich aholi Andijonda yashashi ma’lum qilindi
15:50 / 21.10.2024