Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, «Sabr» iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş markazi hamda bir qator xalqaro taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan forumda Özbekiston, Tojikiston, Qirğiston va Qozoğistondagi davlat va nodavlat tuzilmalari vakillari iştirok etdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, anjumanning dastlabki qismida mutasaddi taşkilotlar Özbekistonda ayollarning ijtimoiy muammolarini hal qiliş borasidagi işlar va ayni kundagi muammolarga töxtaldi.
Gavhar Alimova, senator:
— Fikrimizça, ayollarning oiladagi muammolariga, ular duç kelayotgan zöravonliklarga barham bermasdan turib bu borada katta natijalarga erişiş qiyin. Biz ilgari ijtimoiy zöravonlik holatlarini yaşirganmiz. Ammo endi oçiq aytiş kerak. Misol uçun, bir yil davomida bitta viloyatda 600 nafargaça erkak alkogol ta'sirida ayoliga zöravonlik qiladi. E'tibor bering, biz ayollarning muammolari böyiça ayollar bilan işlayapmiz. Ammo bunda erkaklar bilan işlaş muhimroq. Afsuski, bu boradagi işlar qiyin keçmoqda.
Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bölim boşliği Fazliddin Mamarasulov ham bugungi kundagi muammolar tahlilini örtaga taşladi:

— Joriy yilning 1 iyul holatiga yurtimizdagi jami band aholining har uç nafardan biri ayollar hissasiga töğri keladi. Yilning dastlabki yarmida respublikada işsizlik darajasi 9,1 foizni taşkil etgan bölsa, xotin-qizlar örtasidagi işsizlik 13 foizga yetadi. Ya'ni, işsizlarning 53 foizi ayollarga töğri keladi.
Vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun çet davlatlarga çiqib ketgan 2 million 594 ming fuqaroning 15 foizga yaqini (389 ming nafar) ayollardir. Bu esa hanuz Özbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlaş borasidagi işlar yetarli bölmayotganidan dalolat beradi, – deydi mehnat vazirligi vakili.

Oliy Majlis Senati axborot xizmati mazkur forum Markaziy Osiyo xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini yoritiş va hal etişga ijobiy ta'sir körsatadiganlarni birlaştirganini qayd etgan. Şuningdek, bu anjuman xotin-qizlar va oilalarni qöllab-quvvatlaş uçun Özbekiston jamoat taşkilotlari, biznes va davlat sektori vakillari tomonidan amalga oşirilayotgan eng yaxşi innovatsion loyihalar taqdimoti uçun maydon vazifasini ötaşi közda tutilmoqda.












