Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi
Bugun, 1 noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a'zo davlatlar Hukumatlar rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, oliy darajada ochiq hamda ishonchga asoslangan muloqot yo‘lga qo‘yilgani va bu O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yangi darajaga ko‘targanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Rashid Meredov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish muhim ekani ta'kidlandi.
Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, jumladan, kelgusida ikki va ko‘p tomonlama formatda o‘tadigan oliy darajadagi tadbirlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024