Tramp yomon munosabat sababli «propiska»sini o‘zgartirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp doimiy yashash joyini Nyu-Yorkdan Floridaga o‘zgartirdi va buni yirik megapolis siyosatchilarining unga yomon munosabatdaligi bilan tushuntirdi.
“Men har yil shahar, shtatga millionlab dollar soliq to‘laganimga qaramay, shahar va shtatning siyosiy yetakchilari menga yomon munosabatda bo‘lganlar. Kamdan-kam odamga bunday yomon munosabatda bo‘lishgan. Menga bu qarorni qabul qilish yoqimsiz bo‘ldi, biroq pirovard natijada bu hamma uchun yaxshi bo‘ladi”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Uning aytishicha, u prezident sifatida Nyu-Yorkka va uning aholisiga yordam berishda davom etadi.
Endi Trampning rasmiy doimiy yashash joyi uning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohi bo‘ladi.
Trampning “propiskasi” o‘zgargani haqidagi ma'lumot uning sentabr oxirida topshirgan soliq deklaratsiyasida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Trampning rafiqasi ham yashash joyi o‘zgarishi haqida shunday hujjatlarni topshirgan.
Trampning avvalgi doimiy yashash joyi Manxettendagi Trump Tower osmono‘par binosi bo‘lgan. AQSh prezidentining qo‘shimcha yashash joyi sifatida Oq uy va Nyu-Jyersidagi golf-klubi ko‘rsatilgan.
Aytish joiz, Tramp prezident bo‘lgandan keyin ko‘proq vaqtini Mar-a-Lagoda o‘tkazgan.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
12:05 / 11.10.2024