Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xorijdan ham ushlab kelinadi» - Samarqandda qidiruvda bo‘lgan shaxslar qanday topilmoqda?
Joriy yilning 10 oyi davomida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida Samarqand viloyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jami 1011 jinoyatchidan 280 nafari ushlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tashabbusi bilan qidiruv yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yaqin qarindoshlari va joylardagi keng jamoatchilik ishtirokida olib borilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
Viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Farhod Hasanov hamda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov raisligida barcha shahar va tuman hokimlari, prokurorlari, IIB bo‘lim boshliqlari hamda tumanning boshqa mutasaddi rahbarlari va keng jamoatchilik jalb qilingan holda yig‘ilishlar o‘tkazilgan. Qidiruvdagi shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan suhbat va tushuntirish ishlari olib borilganligi bois ijobiy natijalarga erishilgan.
Ana shunday suhbat va tushuntirish ishlari davomida 57 nafar qidiruvdagi shaxs o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kelgani sababli ularga nisbatan muqaddam qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasi munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot choralariga o‘zgartirildi.
Hozirgi kunda hamon qidiruvda bo‘lib turgan 726 nafar shaxsdan, Samarqand viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan MDH davlatlarida, jumladan, Rossiya Federatsiyasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ularning 89 nafari ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib, RFdagi vaqtincha ushlab turish izolyatorlariga joylashtirilgan. Ayni paytda ularni O‘zbekistonga bosqichma-bosqich olib kelish masalasi bilan bog‘liq hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, 2019 yilda boshqa davlatlarda yashirinib yurgan 52 nafar qidiruvdagi shaxslar aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelingan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026