Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshirildi
Prezident 2019 yil 1 noyabr kuni Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida ma'qullangan “Bojxona ma'muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi.
Oliy Majlis Senati a'zosi Nigora Rabbimovaning yozishicha, Qonunda bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlarini oshirish nazarda tutilgan.
Xususan, jarima sanksiyalarining oshirilishi huquqbuzarliklarning quyidagi turlariga nisbatan qo‘llaniladi:
tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organi ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki yetkazib bermaslik;
bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish;
bojxona nazorati ostidagi tovarlar yuklangan transport vositalari yukxonasini qonunga xilof ravishda ochish;
tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik.
Shu bilan birga, Qonunda mamlakatga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini olib chiqmaganlik uchun ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan so‘ng ularni o‘ttiz kun muddatda olib chiqmaganlik uchun tovar va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, 227-1–227-27-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun transport vositalarini ushlash va ko‘zdan kechirishga doir bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquqi mustahkamlangan.
Qonunning qabul qilinishi qonun ustuvorligini ta'minlashga, shuningdek tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tish bo‘yicha noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslar javobgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026