Qo‘qonda mudhish qotillik sodir etildi
Qo‘qonda qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
2019 yil 19 oktabr kuni 00:30larda Qo‘qon shahar, Quduqlik ko‘chasida yashovchi A.X. (2000 yilda tug‘ilgan) otasi Yo.X. (1972 yilda tug‘ilgan) bilan birgalikda tog‘asi A.A.ni janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan bo‘yin va qorin sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, murdani yashash xonadoni hovlisiga ko‘mib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 1 noyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.X va Yo.X.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi "p" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, A.X va Yo.X. protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024