Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg Turkiyaning NATOdan istisno qilinishiga qarshi chiqdi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Turkiya alyansning muhim a'zosi hisoblanishi va uni tashkilotdan istisno qilmaslik kerakligini aytdi. Bu haqda Stoltenberg Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
NATO bosh kotibi g‘arb siyosatchilarining Turkiyani Suriyadagi harbiy amaliyoti sababli NATOdan chiqarib yuborish chaqiriqlariga shunday javob berdi.
Stoltenbergning aytishicha, NATOda Yevropa Ittifoqidan farqli ravishda, a'zo davlatni istisno qilishga imkon beruvchi mexanizm mavjud emas.
Shuningdek, uning aytishicha, Anqara IShIDga qarshi kurashda muhim hissa qo‘shgan va rekord sonda qochqinlarni qabul qilgan. Stoltenbergning fikricha, Turkiya o‘z xavfsizligini ta'minlashga haqlidir.
“Turkiya IShIDga qarshi kurashda halifalikni yo‘q qilishda hal qiluvchi hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, NATOning biror ittifoqdoshi Turkiyachalik ko‘p suriyalik qochqinni qabul qilmagan va terrorchilik hujumlaridan bunchalik ko‘p jabr ko‘rmagan”, deb aytgan Stoltenberg.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
20:08 / 07.07.2026