Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Trampni suriyaliklardan neftni tortib olmoqchi bo‘layotganlikda aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya xalqiga tegishli neft konlarini egallab olishni ko‘zlamoqda. Bunday bayonot bilan Fox News telekanali efirida 2020 yilgi saylovlarda AQSh prezidenti lavozimiga Demokratlar partiyasidan nomzod kongressvumen Tulsi Gabbard chiqdi.
“Qo‘shinlarimiz oldiga qo‘yilgan vazifa AQSh xalqi va milliy xavfsizligini ta'minlashdan iborat. Afsuski, prezident Tramp bu yo‘nalishni o‘zgartirdi: u avval amerikalik harbiylarning Suriyadan vatanlariga qaytarilishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, endi ularni Suriyada IShIDga qarshi kurashish uchun emas, balki AQShga tegishli bo‘lmagan neft konlarini qo‘riqlash uchun qoldirmoqchi. Bu konlar Suriya xalqiga tegishli”, deb ta'kidlab o‘tgan Gabbard.
Uning ta'kidlashicha, bu Suriyada 2011 yildan beri yuz berayogan zamonaviy bosqinchilikning isboti hisoblanadi. Suriya xalqi yashash va hayotni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan zaxira va energiya manbaidan mahrum qilinmoqda. “Bu Suriyadagi tuzumni o‘zgartirishga qaratilgan oxiri yo‘q urush taktikasiga misoldir. Bu urushni boshlash kerakmasdi va uni hoziroq to‘xtatish lozim”, deb qo‘shimcha qilgan kongressvumen.
O‘tgan hafta AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milli AQSh Suriyada Conoco kompaniyasi neft maydonlari ustidan nazoratni saqlab qolmoqchiligini ma'lum qilgandi. Rossiya mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, AQSh Suriya neftining boshqa davlatlarga kontrabandasini amalga oshiradi. Shuningdek, neft tashuvchi mashinalar kolonnasi AQShning xususiy harbiy kompaniyalari va maxsus kuchlari tomonidan qo‘riqlab boriladi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026