Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migrantlar hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta summasini qoplashga bir martalik subsidiyalar taqdim etiladi
Xorijda vaqtinchalik ishlash davrida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun bir martalik subsidiyalar taqdim etiladi. Tegishli tartib normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan sug‘urta tashkilotlariga yiliga bir marotaba xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun sug‘urtalangan har bir mehnat migranti uchun 50 000 so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etiladi.
Subsidiya Jamg‘armaning boshqaruvidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i yoki Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarori asosida har yili tasdiqlanadigan Jamg‘arma smeta hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
Jamg‘arma tomonidan subsidiyalar Jamg‘arma va sug‘urtalovchi tashkilotlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan kelishuv shartnomasi asosida taqdim etiladi.
Bunda, kelishuv shartnomasida belgilangan minimal talablarning kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, Jamg‘arma va sug‘urtalovchi tashkilotlar tomonidan o‘zaro kelishuv asosida ushbu shartnomaga qo‘shimcha talablar kiritilishi bundan mustasno.
Jamg‘arma tomonidan kelishuv shartnomasini tuzish uchun quyidagi imkoniyatlarning mavjudligini sug‘urta tashkilotlari taqdim qilgan hujjatlar asosida o‘rganilishi lozim:
sug‘urta tashkiloti xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni hayoti, sog‘ligi va boshqa tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish huquqiga egaligi;
sug‘urta tashkilotining xorijiy davlatlarda o‘z agenti yoki assistans xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomasining mavjudligi;
mehnat migrantlari tomonidan sug‘urta polislari belgilangan tartibda olinganligini monitoring qilish maqsadida sug‘urta tashkilotlarining dasturlarini “labour-migration” dasturiy majmuasiga integratsiya qilish imkoniyati mavjudligi;
Jamg‘arma tomonidan ajratilgan subsidiya mablag‘lari uchun alohida hisob raqamini yuritish imkoniyati mavjudligi.
Jamg‘arma tomonidan sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan Bosh kelishuv shartnomasining amal qilish muddati bir yildan oshmasligi lozim.
Jamg‘arma tomonidan kelishuv shartnomasida belgilangan miqdordagi subsidiya mablag‘larini ajratishda sug‘urta tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan buyurtma asosida sug‘urta tashkilotining tegishli hisob raqamiga moliyalashtiriladi.
Bunda, moliyalashtirish Jamg‘arma hisob raqamidagi mavjud qoldiq mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Jamg‘arma tomonidan zarur hollarda (murojaat ko‘p bo‘lganligi, mablag‘ning yetishmovchiligi va boshqa hollar) sug‘urta tashkilotining asoslantirilgan yozma murojaati asosida qo‘shimcha mablag‘lar o‘tkazib berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Hisobot oyining oxirida haqiqatda o‘zlashtirilgan subsidiya mablag‘lari bo‘yicha taqqoslama dalolatnoma tuziladi va sug‘urta tashkiloti hisob raqamida o‘zlashtirilmagan mablag‘ hisobot oyidan keyingi oyga qoldiriladi.
Jamg‘arma bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi bekor qilinganda, sug‘urta tashkilotiga belgilangan tartibda ajratib berilgan subsidiya mablag‘lari Jamg‘armaga 3 bank ish kuni davomida qaytarilishi kerak.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
11:36 / 01.05.2026
14 ta soxta YTH va “jabrdiyda” Malibu’lar: Toshkentda sug‘urta firibgarligi sxemasi fosh qilindi
14:58 / 14.01.2026
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
10:06 / 27.11.2025