Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqda budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi
Foto: tashvil.uz
Olmaliqda budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, Olmaliq shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktorining o‘rinbosari va metodisti, xizmat safari hujjatlarini soxtalashtirish orqali o‘zlarining shaxsiy plastik kartalariga 87,2 mln. so‘m pullarni elektron to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan JKning 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026
Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi
13:14 / 10.02.2026
Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi
12:11 / 18.09.2025