O‘zbekiston | 19:24 / 05.11.2019
4995
3 daqiqa o‘qiladi

Tanzila Norboyeva Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘ladigan muddatni uzaytirish masalasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi

Tanzila Norboyeva O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona hamda ahil qo‘shnichilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, tobora rivojlanayotganligini, parlamentlararo hamkorlik sohasida yangicha mazmun bilan boyitilganligini ta'kidladi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Qozog‘istonga rasmiy tashrif dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti a'zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tanzila Norboyeva O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona hamda ahil qo‘shnichilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, tobora rivojlanayotganligini, aniq yo‘nalishlarda, jumladan, parlamentlararo hamkorlik sohasida yangicha mazmun bilan boyitilganligini ta'kidladi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

O‘zbekistonda Qozog‘iston rahbariyatining mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga ulkan ahamiyat berayotganligi yuksak qadrlanishi qayd etildi. Ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar munosabatlar sur'ati uzluksiz oshib bormoqda, bu esa ikki davlat manfaatlariga to‘liq javob beradi. Masalan, Strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma hamda Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolanishi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi.

Shundan kelib chiqib, ikki mamlakat Prezidentlari tomonidan 2020 yil oxirigacha ikki tomonlama savdo hajmlarini 5 mlrd. AQSh dollarigacha oshirish, savdoni diversifikatsiyalash, iqtisodiy kooperatsiya va investitsiyaviy hamkorlikning, shu jumladan mintaqalararo hamkorlikning yangi uzoq muddatli shakllarini rivojlantirish vazifasi qo‘yilgan.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi faollashganligini, shuningdek ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro safarlari ko‘payganligini inobatga olib, T.Norboyeva konsullik sohasidagi ayrim masalalarni, jumladan, Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘ladigan muddatni uzaytirish masalasini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Uchrashuvda Senat rahbari ham ikki tomonlama aloqalarda, ham turli dolzarb masalalarni hal etishda parlament diplomatiyasi eng muhim tashqi siyosiy resurs sifatida e'tirof etilishini ta'kidladi.

Parlament diplomatiyasi bu bilan nafaqat o‘zaro ishonchni chuqurlashtirishga, balki siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.

Jumladan, T.Norboyeva hududlarda faoliyat olib boruvchi deputatlar bilan hamkorlikni faol rivojlantirishni taklif qildi. Bu joylarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid