Jahon | 17:20 / 06.11.2019
4832
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Suriyadagi neft konlarini qo‘riqlash uchun AQSh harbiy missiyasi kengaytirilishini ma'qulladi

Foto: hmed Mardnli / EPA / TASS

Yangi rejaga ko‘ra, qo‘shinlar kurd jangarilari nazorati ostidagi yanada kattaroq hududni qo‘riqlaydi.  

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya sharqidagi neft konlari xavfsizligini ta'minlash uchun AQSh harbiy missiyasi kengaytirilishini ma'qulladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Associated Press xabar berdi.

Yangi rejaga ko‘ra, qo‘shinlar kurd jangarilari nazorati ostidagi yanada kattaroq hududni qo‘riqlaydi.  

"Trampning buyrug‘i Suriyadagi amerikalik harbiylarning aksariyat qismi uyga qaytishi to‘g‘risida bir necha bor bergan va'dasini yo‘qqa chiqaradi", - deya ta'kidlamoqda OAV.

Qayd etilishicha, AQSh prezidentining yangi farmoyishi amerikalik harbiylar neft konlariga tahdid solgan Suriya, Rossiya yoki boshqa kuchlarga zarba berishi mumkin yoki mumkin emasligi borasida "murakkab yuridik savollarni" keltirib chiqaradi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid