Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Koreyadan qo‘shma mudofaa uchun xarajatlarni besh baravarga oshirishni talab qilmoqda – OAV
YTN telekanalining ma'lumot berishicha, Vashington Janubiy Koreya to‘laydigan badalning bir qismi Koreya yarim orolidan tashqaridagi AQSh qurolli kuchlarini saqlab turish uchun taqsimlanishini ham talab qilmoqda.
Vashington Seuldan Koreya yarim orolidagi AQSh askarlarini saqlab turish uchun xarajatlarni besh baravarga oshirishni talab qildi. YTN telekanalining bildirishicha, gap 4,7 mlrd dollar to‘g‘risida bormoqda.
AQShning mazkur pozitsiyasi haqida Koreya Respublikasining birlashishi bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari Yun San Xyon ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 6 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarning mudofaa xarajatlarini taqsimlash masalalari bo‘yicha vositachisi Jyeyms Dexart Yun San Xyon bilan muzokara chog‘ida ana shu fikrni bildirgan. So‘ralgan 5 trln von ($4,7 mlrd) miqdoridagi mablag‘ Koreya yarim orolidagi Amerika qo‘shinlarining jangovar qobiliyatini oshirishga va ularning ehtiyojlari uchun sarflanadi.
Shu bilan birga, YTN telekanalining ma'lumot berishicha, Vashington Janubiy Koreya to‘laydigan badalning bir qismi Koreya yarim orolidan tashqaridagi AQSh qurolli kuchlarini saqlab turish uchun taqsimlanishini ham talab qilmoqda.
Yun San Xyon bu talab qo‘shma mudofaa uchun xarajatlarni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq kelmasligini, shu bois parlament deputatlari roziligini olish kerakligini aytgan.
Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlari 1950 yildan buyon Janubiy Koreyada bo‘lib, ularning bu mamlakatda bo‘lish tartibi qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi kelishuv asosida tartibga solinadi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026