Jahon | 20:15 / 07.11.2019
3202
1 daqiqa o‘qiladi
Butunjahon aksildoping agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Polsha sport va turizm vaziri Vitold Banka Butunjahon aksildoping agentligiga (VADA) yangi rahbar etib tayinlandi.
VADA ta'sischilari kengashi Polshaning Katovitsa shahrida o‘tgan yig‘ilishida uning nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashgan.
Banka 1 yanvardan yangi lavozimini bajarishga kirishadi. Ayni vaqtda VADA’ga britaniyalik Kreyg Ridi 6 yildan beri rahbarlik qilib keladi.