Rossiyalik sportçilar 4 yilga yirik xalqaro musobaqalardan çetlatilişi mumkin: Muvofiqlik qömitasi Butunjahon aksildoping agentligiga (VADA) şunday tavsiya bergan. 

Agentlik bayonotiga köra, bunga Rossiya tomonidan navbatdagi doping qoidabuzarliklariga yöl qöyilişi sabab böldi. Gap Moskva aksildoping laboratoriyasi ma'lumotlari soxtalaştirilişi haqida bormoqda. 

Agar tavsiyalar bajarilsa, rossiyalik sportçilar Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiadada iştirok etişga qöyiladi, biroq 2018 yil Pyongçangda bölib ötgan qişki Olimpiadadagi kabi neytral maqomda iştirok etadilar. Rossiya bayroği taqiq ostida böladi, ğolib bölgan sportçilar şarafiga Rossiya madhiyasi yangramaydi.

Bunday çoralar nafaqat Olimpiya öyinlari, balki Paralimpiya öyinlari, ösmirlar Olimpiadasi, jahon çempionatlariga ham taalluqli böladi. Bu musobaqalarning rasmiy tadbirlarida Rossiyaning rasmiy şaxslari iştirok eta olmaydi. Şuningdek, rossiyaliklar turli qömitalar va kengaşlar tarkibiga kirişiga ruxsat berilmaydi.  

Bundan taşqari, agar VADA tegişli qarorni qabul qilsa, Rossiya 4 yilga yirik xalqaro musobaqalarni ötkaza olmaydi. Agar Rossiya bungaça u yoki bu musobaqani ötkaziş huquqini qölga kiritgan bölsa, bu huquq undan tortib olinib, boşqa davlatga beriladi.

Agentlikning Rossiya sporti böyiça qaror çiqariladigan yiğilişi 9 dekabrga belgilangan.