Pyongçangda start olgan XXIII qişki Olimpiya öyinlari doirasida bugun, 12 fevral kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulda mamlakatning Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan sport vazirlari Konferentsiyasi taşkil etildi. Unda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov iştirok etdi. 

Nazvaniye

Konferentsiyaning boş mavzusi «Jamiyatda sport qadriyatlarini rivojlantiriş» bölib, mazkur anjuman iştirokçilarga dopinglarsiz toza sport, ijtimoiy rivojlanişda sportning ahamiyati, sport musobaqalaridagi ğirromliklarni oldini oliş, sport qadriyatlarini rivojlantiriş kabi masalalarda misollar keltiriş, fikr almaşiş imkonini berdi. 

Konferentsiyani dastlab Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vaziri Do Jong Van kiriş nutqi bilan oçib berdi. Şundan söng iştirokçi mamlakatlar sport mutassadilari öz taqdimotlarini ötkazişdi. Konferentsiyada köpgina masalalar muhokama qilindi. Anjuman yakunida esa iştirokçilarga madaniy dastur namoyiş etiib berildi. 

Konferentsiyadan söng Umid Ahmadjonov şu yerning özida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridi, şuningdek, Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm işlari vaziri Do Jong Van bilan uçraşdi. 

Nazvaniye

Uçraşuvda tomonlar örtasida özaro döstona aloqalar örnatiş, Olimpiya harakaktini yanada rivojlantiriş masalasida hamkorlik riştaralarini mustahkamlaş borasida kelişib olindi. 

Şuningdek, WADA Prezidenti Kreyg Ridi suhbat davomida mamlakatimizda dopinga qarşi kuraş masalasida olib borilayotgan işlarni yuqori baholadi. 2018 yil 3 yanvarda qabul qilingan PQ-3457 sonli «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori bu borada muhim qadam bölişini ta'kidlab ötdi.

Umid Ahmadjonov öz navbatida Butunjahon antidoping agentligi rahbarini yurtimizga taklif etdi. Kreyg Ridi bu taklifni bajonidil qabul qildi va iş taqvimidan kelib çiqqan xolda WADA Prezidentining Özbekistonga yaqin oylar içida taşrif buyurişiga oid kelişuvga erişildi.