Prokuratura faoliyatini nazorat qiluvchi komissiya yig‘ilishi: qator masalalar keskin tanqid ostiga olindi
Bosh prokuraturada huquqni muhofaza qiluvchi organlar muvofiqlashtiruvchi kengashi va Oliy Majlis Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Senat axborot xizmatiga ko‘ra, yig‘ilishda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya va Oliy sud vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiya raisi hamda a'zolari ishtirok etdilar.
Tadbirda korrupsiyaga oid jinoyat haqidagi xabarlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish, bu toifadagi jinoyat ishlari yuzasidan tergov va sud amaliyoti, yetkazilgan moddiy zararni undirish va sohadagi prokuror nazorati holati muhokama etildi.
Ta'kidlanishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiyaga oid jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni hal etishda jinoyat-protsessual qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta'minlash borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ayniqsa, tergov sifatini ta'minlash choralari ko‘rilmayotganligi keskin tanqid ostiga olindi.
Bunday salbiy holatlarning vujudga kelishi sabablariga alohida e'tibor qaratilib, ularning oldini olishga qaratilgan qat'iy choralar ko‘rilishi lozimligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar tomonidan jinoiy-huquqiy statistika sohasida yuritilgan hisobotlarning haqqoniyligi hamda bu boradagi prokuror nazorati ahvoli ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida “Jinoyatlarni, ularni sodir etgan shaxslarni, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar hamda sudning protsessual qarorlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma va “Elektron jinoiy-huquqiy statistika yagona axborot tizimini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga to‘liq rioya qilinmaganligi tanqid qilindi hamda jinoiy-huquqiy statistika sohasidagi faoliyatni muntazam o‘rganib, ushbu yo‘nalishni nazoratga olish bo‘yicha aniq talablar qo‘yildi.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024