Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi chiqindiga to‘la bozor: bu yer qachon obodonlashtiriladi?
Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» buyum bozori qarshisidagi savdo do‘konlari orqasida anchadan buyon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yoyma savdosi avj olgan.
Shuningdek, samarqandliklar uy hayvonlari va parrandalar oldi-sotdisini ham shu yerda qilishadi.


Biroq, bu yerdagi achinarli holat kishini tashvishlantirmasdan qo‘ymaydi. Hudud chiqindilarga to‘lib ketgan. Antisanitariya holati hech kimni tashvishlantirmayapti

Do‘konlar va bozordan chiqqan chiqindilar bozor hududidagi qurilishi tugallanmagan binolar o‘rniga tashlanadi. Hududdan chiqindilarning qo‘lansa hidi va tutun taralib turadi. Kimlardir chiqindilar kamayishi uchun o‘t qo‘yadi, bundan ko‘cha bo‘yida joylashgan do‘konlar va xaridorlar aziyat chekadi.


Bu yerdagi tadbirkorlar hududga shahar mutasaddilari jiddiy e'tibor qaratishi, hudud chiqindilardan tozalanishi, tadbirkorlik faoliyati uchun ajratib berilishini xohlashadi.
Samarqand shahridagi bu nobop hudud qachon obodonlashtiriladi? Mutasaddilar bu muammoga jiddiy e'tibor qaratish uchun fursat yetmadimikan?
Faxriddin HOTAMOV lavhasi.
Mavzuga oid
10:30
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:00 / 22.06.2026