Xitoyda o‘smirlarning kompyuter o‘yinlari o‘ynashiga komendantlik soati kiritiladi
Xitoyda balog‘atga yetmagan o‘smirlar uchun kompyuter o‘yinlari o‘ynashga komendantlik soati kiritiladi. Bu haqda Kotaku sayti xabar berdi.

O‘smirlarga tungi vaqt, ish kunlari va bayramlarda onlayn-o‘yinlar o‘ynash cheklanadi. 18 yoshgacha o‘smirlarga ish kunlari 90 daqiqadan ko‘p onlayn-o‘yinlar o‘ynash taqiqlanadi, bayram va dam olish kunlari esa 3 soatgacha o‘ynashga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, soat 22:00dan 8:00gacha o‘yinlar o‘ynash taqiqlanadi. Shuningdek, o‘smirlar o‘yinlar ichidagi buyumlarni sotib olishiga cheklov kiritiladi. Unga ko‘ra, 8 yoshdan 16 yoshgacha bolalarga o‘yinlardagi hisobraqamlarini oyiga 200 yuandan (29 dollar), 16 yoshdan 18 yoshgacha o‘smirlarga esa 400 yuandan (57 dollar) ko‘proqqa to‘ldirish taqiqlanadi.
Bu choralar Xitoydagi barcha onlayn-platformalarda joriy qilinadi.
Bunday qat'iy choralar kiritilishi o‘smirlarning onlayn-o‘yinlarga ruju qo‘yishi oqibatida o‘qishda o‘zlashtirishi pastligi va ularda uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik rivojlanishi bilan bog‘langan. Mansabdor shaxslar yangi cheklovlar “balog‘atga yetmaganlarning ruhiy va jismoniy salomatligini himoyalashga” yordam berishiga umid qilishmoqda. Biroq, geymerlar va ularning ota-onalari yangi qoidalarga shubha bilan qarashmoqda. Ularning fikricha, bolalar o‘yin ishlab chiqaruvchilarini ota-onalarining ma'lumotlaridan foydalanib alday olishlari mumkin.
Texnologik kompaniyalardan birining egasi Yang Bingbenning fikricha, ko‘pchilik o‘smirlar ushbu cheklovlarni chetlab o‘tish yo‘llarini topa olishadi yoki internetga ulanishni talab qilmaydigan bir foydalanuvchili kompyuter o‘yinlarini o‘ynashga o‘tib ketishadi. Uning fikricha, bolalarni o‘yinlardan chalg‘itish uchun ko‘proq sport maydonchalari va stadionlar qurish lozim.
Avvalroq Tailandda 17 yoshli o‘smir bir necha kun davomida kompyuter o‘yinlarini tinimsiz o‘ynashi oqibatida insultga uchrab, vafot etgani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00
-
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda
Jahon | 09:50
-
Intellektual mulk sohasida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekiston | 09:31
-
Qamchiqda yukxonadagi elektroskuterda yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida Changan yonib ketdi
O‘zbekiston | 09:28
Mavzuga oid

21:31 / 11.04.2025
Xitoyda kuchli shamol sabab vazni 50 kilodan yengil aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi

19:30 / 11.04.2025
Tramp avjiga chiqmoqda: «Bojlar urushi»da AQSh Xitoyni yenga oladimi?

18:48 / 11.04.2025
Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq bo‘lgan yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi

17:36 / 11.04.2025