Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydan Yevropaga yo‘l olgan ilk yuk poyezdi Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tdi
Uning tarkibi 21ta vagondan iborat bo‘lib, 42 dona konteyner olib ketmoqda. Poyezd 12 kun ichida 10 mamlakat orqali o‘tib, 11,5 ming kilometrga yaqin yo‘l bosadi.
Xitoydan Qozog‘iston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya orqali Yevropaga yo‘l olgan ilk yuk poyezdi Bosfor bo‘g‘ozi ostidagi Marmaray tonnelidan o‘tdi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.
Xabar qilinishicha, China Railway Express poyezdi Xitoyning Shian shahridan yo‘lga chiqqan. Uning tarkibi 21ta vagondan iborat bo‘lib, 42 dona konteyner olib ketmoqda. Poyezd 12 kun ichida 10 mamlakat orqali o‘tib, 11,5 ming kilometrga yaqin yo‘l bosadi. Uning so‘nggi manzili Chexiya poytaxti Praga bo‘ladi.
"Temir ipak yo‘li" deb ham nomlanuvchi "o‘rta transport yo‘lagi" Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘li va Yevropani Osiyoni bilan bog‘lovchi Marmaray tonneli orqali o‘tgan.
Mazkur yo‘nalish tufayli Xitoydan Yevropaga yuk tashish xarajatlari va vaqti qisqarishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026