Iqtisodiyot | 12:32 / 08.11.2019
3559
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati «China International Import Expo» xalqaro ko‘rgazmasida

Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari

5-10 noyabr kunlari Xitoyning Shanxay shahrida ikkinchi China International Import Expo 2019 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmada dunyoning 64 mamlakati, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining stendi namoyish etilmoqda. O‘zbekiston milliy stendi Country Pavilion’dan joy olgan.

O‘zbekistondan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspeksiyasi, «O‘zto‘qimachiliksanoat», «O‘zsanoatqurilishmateriallari», «Hunarmand», «O‘zbekiston asalarichiligi», «O‘zcharmsanoat», «O‘zeltexsanoat» uyushmalari, «O‘zbekozikovkatxolding» XK, «O‘zkimyosanoat» AJ, Uzumchilikni rivojlantirish agentligi kabi davlat idoralari va kompaniyalari ishtirok etmoqda.

E'tiborlisi, xalqaro anjumanda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari aks etgan stend bilan qatnashdi. Xalqaro ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonda tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati rivoji, sohadagi yangiliklar xususida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan yirik investitsiya loyihalari bo‘yicha uchrashuv va muzokalar o‘tkazildi.  

Ma'lumot uchun: China International Import Expo Shanxayda 2018 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Uni tashkil etish tashabbusi XXR raisi Si Tszinpin tomonidan 2017 yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan «Bir kamar, bir yo‘l» xalqaro hamkorlik forumida ilgari surilgan.

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid