Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekkosmos» tarkibida konstruktorlik byurosi tashkil etiladi
«O‘zbekkosmos» agentligi tarkibida kosmik tarmoqning konstruktorlik byurosi, ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllantiriladi. Bu haqda 2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi kosmik tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi («Yo‘l xaritasi»)da aytilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda yo‘ldosh radionavigatsiya tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Tegishli tadbirlar kompleksi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2020 yil 1 avgustgacha Vazirlar Mahkamasi, «O‘zbekkosmos» agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan tayyorlanadi.
Bundan tashqari, yerni masofadan zondlash (YeMZ) axborotini qabul qilish, qayta ishlash va tarqatish virtual markazi yaratiladi hamda chet el yo‘ldoshlaridan YeMZ axborotini universal qabul qiluvchi stansiya o‘rnatiladi.
Bu borada tadbirlar kompleksi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mos ravishda 2020 yil 1 martgacha va 2020 yil 1 oktyabrgacha Vazirlar Mahkamasi, «O‘zbekkosmos» agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:59 / 13.05.2026
O‘zbekistonning ilk kosmonavti 2028 yilda koinotga uchiriladi
08:47 / 07.04.2026
“Orion” kemasi Yerdan 407 ming kilometr uzoqlashdi
08:05 / 02.04.2026