21:27 / 11.11.2019
1
5602

Falcon 9 raketasi 60 ta sun'iy yo‘ldosh bilan fazoga uchirildi

Foto: AP Photo / John Raoux

AQShning Florida shtatida Falcon 9 raketasi Starlink loyihasining 60 ta sun'iy yo‘ldoshi bilan birga fazoga uchirildi.

Raketa Kanaveral burnidagi kosmodromdan AQShning sharqiy sohilbo‘yi vaqti bilan soat 9:56da (Toshkent vaqti bilan 19:56) uchirilgan. Ko‘p marotabalik raketa 4-marta fazoga uchirilmoqda va bu o‘ziga xos rekord natija hisoblanadi, chunki bungacha raketalar eng ko‘pi bilan uch marta takror uchirilgan. 

Starlink loyihasi keyingi avloddagi sun'iy yo‘ldosh tarmog‘i bo‘lib, sayyoramiz aholisining internetga keng polosali kirishini ta'minlashga qaratilgan. Loyihaning amalga oshirilishi 2018 yil fevralda boshlangan. O‘shanda Falcon 9 yordamida orbitaga 2 ta sun'iy yo‘ldosh olib chiqilgan. Shuningdek, joriy may oyida yana 60 ta sun'iy yo‘ldosh chiqarilgan. Hammasi bo‘lib orbitaga 12 mingta sun'iy yo‘ldosh olib chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, balandligi 328 kmdan 580 kmgacha bo‘lgan orbitalarga 30 mingta qo‘shimcha sun'iy yo‘ldosh olib chiqish rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top