Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada o‘tgan parlament saylovlari siyosiy vaziyatga oydinlik kirita olmadi
Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi (PSOE) 10 noyabrda mamlakatda o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.
Biroq ta'kidlanishicha, birorta siyosiy partiya hukumatni qarshiliksiz shakllantirish uchun mutlaq ko‘pchilik o‘rin ololmagan. Xuddi shunday natija 2015, 2016 yillar va 2019 yil apreldagi saylovlarda kuzatilgan. Oddiy ko‘pchilik ovoz olgan partiyalar boshqa fraksiyalar qo‘llab-quvvatlovi bilangina hukumatni shakllantira olishi mumkin. Biroq siyosiy kuchlar pozitsiyalari farqlanishi sababli, bunday qo‘llab-quvvatlovga erishib bo‘lmaydi yoki u uzoq davom etmaydi. Shu sababli, mamlakatda 4 yil ichida 4-saylovlar o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan.
Ispaniya milliy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, sotsialistlar parlamentdagi 350 o‘rindan 120 o‘rin olishadi.
Shuningdek, parlamentga Xalq partiyasi (Partido Popular) 88 o‘rin bilan, ultrao‘ng Vox partiyasi (52 o‘rin), Podemos birlashmasi (35 o‘rin) o‘tgan.
Bundan tashqari, Kataloniyaning So‘l respublikachilar partiyasi 13 o‘rin, “Fuqarolar” partiyasi 10 o‘rin olgan.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026