O‘zbekiston | 20:29 / 12.11.2019
6322
2 daqiqa o‘qiladi

Eron aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar amalga oshira boshlaydi

Foto: Flickr

Ta’kidlanishicha, Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuv va O‘zbekiston Transport vazirligi topshirig‘i bilan “O‘zaviatsiya” agentligida Zagros Airlines aviakompaniyasining arizasi ko‘rib chiqilgan va qondirilgan.  

Zagros Airlines bosh qarorgohi Tehronda joylashgan bo‘lib, Obodon aeroportidan parvozlar amalga oshiradi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, O‘zbekistonda xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish maqsadida 2020 yilning fevralida birinchi Uzbekistan Airports, Aviation and Logistics forumi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi yo‘nalishi bo‘yicha Gruziya bilan aviaaloqani yo‘lga qo‘ygandi.

Bundan tashqari, 2019 yil 14 dekabrdan aviakompaniya Tailandning Pxuket oroliga parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Shuningdek, noyabrda O‘zbekiston va Xitoy aviakompaniyalari vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar sonini haftasiga 15 tagacha oshirishga va Xitoyning Sian, Sanya, Iu va Chendu shaharlaridan yangi reyslarni ochishga kelishib olishgandi. 

Hindistonning Delhi International Airport Limited (DIAL) aviakompaniyasi ham O‘zbekiston bozoriga chiqish istagini bildirgan. 

Bundan tashqari, keyingi yozdan Turkiyaning Atlasglobal Airlines aviakompaniyasi tomonidan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida 50 ta aviareys amalga oshiriladi.

Mavzuga oid