O‘zbekiston | 15:42 / 12.11.2019
2675
2 daqiqa o‘qiladi

Helsinkida O‘zbekiston savdo uyi ochiladi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bryussel shahrida Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Finlyandiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston-YeI Hamkorlik kengashining 15-majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Finlyandiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. Tomonlar parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, fan, madaniyat, ta'lim kabi dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar va shartnomaviy-huquqiy asosni mustahkamlashni qo‘llab quvvatladilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishini qayta tiklash, Helsinki shahrida O‘zbekistonda savdo uyini ochish va boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning amaliy shakli bo‘lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Shuningdek, vazirlar xalqaro siyosatga doir ba'zi masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid