Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi shaharcha meri jarimani 168 kilogramm tanga bilan to‘lashga qaror qildi
Italiyaning Maleno shahri meri Paolo Erba norozilik sifatida davlatga 1100 yevrolik jarimani bir yevrosent qiymatdagi tangalar bilan to‘lashga qaror qildi. Bu haqda shahar meriyasi Facebook’da xabar qildi.
Umumiy hisobda Erba to‘plagan tangalar 6 qop chiqqan va og‘irligi 168 kgni tashkil qilgan. Avvalroq davlat idoralari shahar rahbariyatiga xayriya maqsadida yig‘ilgan bu pullarni moliyaviy hisobotni 20 kunlik kechikish bilan topshirgani uchun jarima sifatida qaytarish majburiyatini yuklagan.
Ta'kidlanishicha, bu pullar nogironlar oilalariga yordam sifatida berilishi kerak edi.
“Men bu pullarni biror davlat xizmatchisi kelib olib ketishini istardim, chunki bu imkoniyatdan foydalanib, ularga imperiyaning chekkasidagi shaharchadagi odamlar qanday mehnat qilishi va bazo‘r kun kechirishini ko‘rsatgan bo‘lardim”, deb yozgan mer xabarda va qoplangan tangalar suratini ilova qilgan.
Mavzuga oid
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026