Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kogondagi mahallada ichimlik suvi sizib chiqmoqda, mutasaddilar esa shoshilmayapti
Buxoro viloyati Kogon tumanidagi «Sho‘robod» mahallasidan tahririyatimizga jo‘natilgan foto va videolar bilan, 2016 yilda qurib foydalanishga topshirilgan namunaviy uylar aholisi ichimlik suv tarmog‘idagi avariyadan shikoyat qilishmoqda.
Ko‘chadagi ichimlik suvi quvuri yorilib, suv to‘xtovsiz sizib chiqmoqda. Aholi Buxoro shahar «Suvoqova» korxonasiga bir necha marta murojaat qilgan. Ammo bu murojaatlarni mutasaddilar e'tiborsiz qoldirib kelishmoqda.
Suv — bebaho boyligimizdir. Ichimlik suvining har bir tomchisini asrab-avaylash har birimizning insoniylik burchimizdir. Buxoroda toza ichimlik suvini yetkazishning o‘zi bir muammo bo‘lib turgan chog‘da, suvdan bunday xo‘jasizlarcha foydalanishga jim qarab turib bo‘lmaydi.
Albatta, muammoga befarq bo‘lmagan aholi vakillarining murojaatlari juda o‘rinli, biroq mutasaddilar uni bartaraf etishga shoshmayotgani qiziq.
Mavzuga oid
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
08:45 / 30.06.2026
Xarita: qaysi mamlakatlarda xavfsiz ichimlik suvi hali ham muammo?
14:01 / 25.06.2026
Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11:50 / 17.06.2026