Özbekiston hakamlik sudyalari palatasini taşkil etiladi. Bu haqda prezidentning “Nizolarni sudgaça hal etişning samarali mexanizmlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasida aytilgan.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Özbekiston Respublikasidagi barça hakamlik sudyalarining a'zoligiga asoslangan Özbekiston hakamlik sudyalari palatasini taşkil etiş haqidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Quyidagilar Özbekiston hakamlik sudyalari palatasining asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari hisoblanadi:

hakamlik sudyalari faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda ularning kasbiy tayyorgarligi va malaka oşirişini taşkil etiş;

doimiy faoliyat yurituvçi hakamlik sudyalari tomonidan işlarning körilişi hamda hakamlik sudlarining davriy hisobdorligini monitoring qiliş;

hakamlik sudyalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalaş hamda himoya qiliş, şu jumladan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari bilan munosabatlarda, şuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalaş hamda himoya qiliş;

hakamlik sudlari faoliyatini tartibga soluvçi qonun hujjatlarini takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş;

hakamlik sudyalari tomonidan körilgan işlar haqidagi ma'lumotlarni töplaş, hakamlik sud işlarini yuritiş amaliyotini umumlaştiriş;

hakamlik sud işlari yuritişni ommalaştiriş, xorijiy davlatlar hakamlik sudlari bilan ma'lumotlar almaşiş, xalqaro hamkorlikni takomillaştiriş, uşbu sohada rivojlangan xalqaro tajribani örganiş va ularni Özbekistonda tatbiq etiş borasida kömaklaşiş;

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda hakamlik sud işlarini yuritiş böyiça boşqa organlar bilan özaro hamkorlik va ma'lumot almaşinuvini yölga qöyiş;

hakamlik sudlari faoliyati va hakamlik sud işlarini yuritişdagi dolzarb masalalar böyiça seminarlar va davra suhbatlari taşkil etiş.

Belgilanişiça, 2020 yil 1 apreldan:

öttiz yoşdan kiçik bölmagan, oliy ma'lumotga ega bölgan, nizolarni xolis hal qilinişi ta'minlaşga qodir bölgan, nizoning pirovard natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bölmagan, hakamlik kelişuvi taraflaridan mustaqil bölgan hamda hakamlik sudyasining majburiyatlarini bajarişga rozilik bergan Özbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik sudyasi bölib saylanişi (tayinlanişi) mumkin;