Parlament quyi palatasida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillaştiriş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça komissiyaning navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
Komissiya yiğilişida joriy yilning 26 mart kuni Oliy Majlis palatalari Kengaşlarining Qöşma qarorlari bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, şuningdek ularga ilova qilinayotgan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylaştirişning yagona uslubiyotini amaliyotda qöllaniş natijalari muhokama qilindi.
Mazkur Yagona uslubiyot parlament tomonidan 60dan ortiq vazirliklar, davlat qömitalari va tegişli idoralar e'tiboriga yetkazilgan bölib, unda normativ-huquqiy hujjatlarni nafaqat texnik jihatlarini, balki ularda aks etişi zarur bölgan tarkibiy qismlarni, şuningdek hujjatga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallar mazmuniga qöyilgan talablarni ham aniq belgilab berilgan.
Örganişlar şuni körsatmoqdaki, aksariyat vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarda Yagona uslubiyot talablarini bajarişda ayrim muammolar ham kelib çiqmoqda.
Bunda Yagona uslubiyotning yuridik kuçi qonun darajasida emasligi xam sabab bölmoqda. Oliy Majlis palatalari Kengaşlarining Qöşma qarorlarining yuridik ta'sir kuçi çeklangan, ya'ni qonun darajada emas.
Şu sababli uşbu Yagona uslubiyotning yuridik maqomini kuçaytiriş masalasi komissiya a'zolari tomonidan batafsil muhokama qilindi.
Komissiya, Yagona uslubiyotni bugungi kunda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida yangi tahrirda körib çiqilayotgan «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi qonun loyihasiga ilova qilgan holda tasdiqlaşni maqsadga muvofiq deb topdi.
Yiğilişda parlament tomonidan töğridan-töğri işlaydigan qonunlarni qabul qiliş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilayotganiga qaramay, idoraviy huquqiy hujjatlarning salmoği kamaymayotgani qayd etildi. Bugungi kunda normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş, kelişiş va qabul qiliş masalalari önga yaqin turli yuridik kuçga ega qonun hujjatlari bilan tartibga solinmoqda.
Bu borada Adliya vazirligi tomonidan «tartibga soliş gilotinasi» kabi yangi prinsipial tizimni amaliyotga joriy etiş maqsadida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar töliq xatlovdan ötkazilib, bugungi kunda öz dolzarbligi yöqotgan 390dan ortiq hujjat bekor qilindi.
Muhokama asosida keçgan yiğiliş yakunida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillaştiriş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça işlarni yanada kuçaytiriş hamda kelgusida bajarilişi lozim bölgan vazifalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.

















