Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Qozog‘istonda parlamentni bir palatali qilishni taklif etdi
Uning ta’kidlashicha, agar bir palatali parlament tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, bunday parlament «faqat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylanishi kerak».
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xalqqa murojaatida ikki palatali parlament o‘rniga bir palatali parlament tuzish imkoniyatini o‘rganib chiqish va bu masalani referendumga qo‘yishni taklif qildi.
«Aynan bugun men yaqin kelajakda mamlakatimizda bir palatali parlament tuzish taklifini bildiraman», dedi u parlament palatalarining qo‘shma majlisida.
«O‘ylaymanki, muhokamani o‘tkazish uchun, islohotning g‘ayrioddiy xususiyatini hisobga olgan holda, kamida bir yil kerak bo‘ladi, shundan so‘ng 2027 yilda umumxalq referendumini o‘tkazish, keyin esa Konstitutsiyaga zarur o‘zgartirishlar kiritish mumkin bo‘lardi», deb qo‘shimcha qildi u.
To‘qayevning ta’kidlashicha, bu juda jiddiy masala va «uni hal qilishda shoshilish mutlaqo noo‘rin».
«Ushbu islohot fuqarolik sektorida, ekspertlar muhitida va albatta, amaldagi parlamentda batafsil muhokama qilinishi kerak», dedi u.
To‘qayevning ta’kidlashicha, agar bir palatali parlament tuzish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, bunday parlament «faqat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylanishi kerak».
«Shunday qilib, Majlisning (quyi palata) hozirgi tarkibi vakolat muddati tugagunga qadar deyarli xotirjam qonun ijodkorligi jarayoni bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Va Senat umummilliy referendum yakunlari va yangi parlament saylovlari o‘tkazilgunga qadar o‘z faoliyatini davom ettiradi», dedi Qozog‘iston rahbari.
Qozog‘istonning hozirgi parlamenti 1995 yildan buyon ikki palatadan - Senat va Majlisdan iborat.
Mavzuga oid
19:30 / 04.12.2025
Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanishi mumkin
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
20:39 / 01.12.2025
Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
17:36 / 01.12.2025