Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov hibsxonalari va yopiq turdagi muassasalarda advokatlar uchrashuvi uchun 69ta xona qayta jihozlandi
O‘zbekistonda tergov hibsxonalari va yopiq turdagi muassasalarda advokatlar va himoya ostidagi shaxslar uchrashuvi uchun audio va videokuzatuv qurilmalari bo‘lmagan 69 ta xona qayta jihozlanib, ularda vizual ko‘rib turish imkoniyati yaratildi.
Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi. Tadbir prezidentning “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha tashkillashtirildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Farmonga asosan, advokatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda mahallalarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish (pro bono) amaliyoti joriy etildi.
Advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish sud tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Natijada advokatlarning litsenziyasini tugatish joriy yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 baravarga (13 nafar) kamaydi.
Advokatlik litsenziyasini berish va advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi. Xususan, litsenziya olish uchun talabgor faqat pasport va ariza taqdim etishi belgilandi, to‘lov miqdori ikki baravarga kamaytirildi hamda elektron murojaat qilish imkoniyati yaratildi.
Advokat maqomini olish uchun malaka imtihonlarini Internet tarmog‘i orqali onlayn translatsiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi, ushbu imtihonni takroran topshirish muddati 1 yildan 6 oyga qisqartirildi. Natijada malaka imtihoni topshirgan talabgorlar soni 374 nafarga yoki 3,3 baravarga, o‘tkazilgan malaka imtihonlari ikki baravarga (105 ta) ko‘paydi.
Advokatlar tomonidan xorijiy davlatlar organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda vakolatli organlar orqali so‘rovlar yuborish tartibi yo‘lga qo‘yildi.
Tadbirda advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holati bo‘yicha ham ma'lumot berildi.
Sud protsessiga tayyorgarlik ko‘rish uchun respublika bo‘yicha mavjud sud binolarida advokatlar uchun alohida xona ajratildi.
Advokatlarning sud binosida kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalaridan hech bir moneliksiz foydalanishi yo‘lga qo‘yildi.
Tergov hibsxonalari va yopiq turdagi muassasalarda advokatlar va himoya ostidagi shaxslar uchrashuvi uchun audio va videokuzatuv qurilmalari bo‘lmagan 69 ta xona qayta jihozlanib, ularda vizual ko‘rib turish imkoniyati yaratildi.
Mavzuga oid
10:00 / 17.06.2026
Sud jarayonlarida advokatlar vakolatlari kengaytirilishi mumkin
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
11:04 / 07.01.2026
Advokatlar soni 2000 nafarga oshirilishi rejalashtirilmoqda
08:20 / 22.12.2025