Loyihaga muvofiq, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy işlar böyiça advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va boşqa davlat idoralari örtasida elektron hujjatlar almaşinuvi darajasini kamida 50 foizga yetkaziş közda tutilgan. Şuningdek, advokatlar sonini kamida 2000 nafarga köpaytiriş rejalaştirilmoqda.
Korrupsiyaga qarşi kuraş yönalişida esa Transparency International taşkiloti e’lon qiladigan Korrupsiyani qabul qiliş indeksida kamida 20 poğonaga kötariliş maqsad qilingan. Davlat xaridlarida ma’lumotlarni maşinada öqiy oladigan formatda, xususan, Open Contracting Data Standard (OCDS) formatida joylaştiriş uluşini 100 foizga yetkaziş ham belgilangan.
Bundan taşqari, raqobatlaşmagan usullarda amalga oşirilgan davlat xaridlari uluşi 20 foizdan oşmasligi ta’minlanişi (favqulodda holat va yagona yetkazib beruvçi bilan amalga oşirilgan xaridlar bundan mustasno), şuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning 100 foizi “korrupsiyadan xoli qonunçilik” tamoyili asosida işlab çiqilişi nazarda tutilmoqda.

















