Britaniyaliklar bosh vazirning choy damlash uslubini «gunoh» deb atashdi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning sutli choy damlashi britaniyaliklarning achchig‘ini keltirdi. Bu haqda Sky News nashri xabar berdi.
Internet foydalanuvchilariga Jonsonning paketchali choy solingan chashkaga sut qo‘shib, choy damlash "marosimi"ni buzgani yoqmagan.
Ba'zi britaniyaliklar Jonsonning bu ishini “gunoh” deb atashgan. Boshqalar esa bosh vazir choy damlashni eplay olmasa, davlat lavozimidagi vazifalarini qanday qilib bajara olishi mumkinligini yozishgan.
“Men bunday qiladigan odamga hech qachon ovoz bermayman”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi.
Foydalanuvchilar bosh vazirga choyni qanday to‘g‘ri damlash kerakligini o‘rgatishga tushib ketishgan. Ta'kidlanishicha, buning uchun choyga sut yoki qaymoq qo‘shishdan avval paketchali choyni chashkadan chiqarib olish kerak.
Mavzuga oid
18:11 / 14.10.2024
Qahva insult xavfini oshiradi, choy esa kamaytiradi - tadqiqot
23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi
13:31 / 14.05.2024
Yeydigan ovqatlarimiz, issiq choy saratonga sabab bo‘ladimi?
09:49 / 24.02.2024