Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim sifati o‘rganiladi. Bunga 5ta tashkilot jalb etiladi
Joriy yilning 11-30 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlaridagi ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari va maktab-internatlarining faoliyati o‘rganiladi.
O‘rganish ishlari Xalq ta'limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat test markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda olib boriladi.
O‘rganishlar davomida ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘quv tarbiya jarayonining tashkil etilishi, ta'lim sifati, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilimi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya qoidalari va me'yorlariga amal qilinishi kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Davlat test markazi tomonidan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari uchun ixtisoslashtirilgan fanlardan test sinovlari o‘tkaziladi.
Natijalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini, ulardagi ta'lim sifatini kelgusida yanada takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026