Özbekistonda suv muammolari va kutilayotgan jiddiy oqibatlar - Gidrolog bilan suhbat
|22:49 / 13.11.201951 81617 min
Markaziy Osiyo xususan, Özbekistondagi suv va unga aloqador muammolar nafaqat mintaqaviy, balki global ahamiyat kasb etayotgani heç kimga sir emas. Mazkur masala böyiça çuqur ilmiy asosga ega tadqiqotlar ham bajarilmoqdaki, ular orasida özbekistonlik olimlarning ham borligi quvonarli.
Germaniya yer tadqiqotlari markazi tadqiqotçisi Abror Ğofurov öz ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyodagi suv muammolariga bağişlagan olimlardan hisoblanadi. Kun.uz muxbiri tadqiqotçi bilan boğlanib, uning suv muammolari va uning yeçimlari haqida fikrlarini söradi.
«Markaziy Osiyoda suv muammolarini örganiş uçun 25 mln. dollar ajratilgan»
— Özingiz va SAWa loyihasi haqida qisqaça ma'lumot bersangiz?
— 2002 yil Toşkent Irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş muhandislari institutini tamomlab, magistratura bosqiçini Germaniyada öqidim. 2005 yil bir muddat Özbekiston Suv xöjaligi vazirligi qoşidagi loyihada işladim. Şundan söng yana Germaniyaga doktoranturada öqiş uçun ketdim. Doktorlik himoyasidan keyin SAWa (Markaziy Osiyoda suv) loyihasi ustida iş boşladim va bu qariyb 10 yildan beri davom etib kelyapti. Hozirda uşbu loyihaga rahbarlik qilib kelmoqdaman. Ötgan vaqt davomida loyihaga taxminan 25 mln. AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratildi.
Loyiha Germaniya yer tadqiqotlari markazi (German Research Centre for Geosciences) tomonidan amalga oşirilmoqda. Markazda yer, atrof-muhit, suv sohalarida 1000dan ortiq olim ilm-fan bilan şuğullanadi. Bundan taşqari, Berlindagi Gumboldt universitetida talabalarga ma'ruzalar öqiyman, Jahon bankining suv masalalari böyiça maslahatçisiman.
Loyiha maqsadi Markaziy Osiyoda suv resurslari şakllanişi, undan qay darajada oqilona foydalanilayotgani, bu resurs qança muddatga yetişi, qaçon qanday muammolar paydo bölişi va uni bartaraf etiş çoralari kabi masalalarni öz içiga oladi. Şu böyiça Özbekiston toğlaridagi muzliklar, yoğingarçilikni örganiş orqali bir qança ilmiy izlanişlar olib boryapmiz.
Şuningdek, sönggi yillarda yerosti suvlarini ham örganyapmiz. Negaki, Markaziy Osiyo juda katta yerosti suvi bazasiga ega. Buning ham qançasi töğri sarflanyaptiyu, qançasi isrof qilinmoqda, qança zaxiraga egamiz kabi muammolar böyiça iş olib boryapmiz.
«Suv resurslaridan optimal darajada foydalanişda ilm-fan yutuqlariga tayaniş zarur»
Mavzuga oid
— Özbekiston uçun yaqin kelajakda suv muammolari qançalik darajada muhim?
— Özbekiston öz rivojlaniş yölida bir neça masalani maqsad qilib qöyar ekan, suv muammolariga yeçim topiş ularning içida ham eng birinçi örinda turadiganlaridan deyiş mumkin. Çunki ölkamiz qurğoqçil hududlar qatoriga kirib, qişloq xöjaligi bilan şuğullanişda katta salohiyatga, layoqatga ega, tabiiyki, bu suvsiz amalga oşmaydi.
Bu yerlarning unumdor qismi suğoriladigan yerlarga töğri keladi. Ular esa hozirda eskiça suğoriş usulida suğorib kelinmoqda. Yöqotişlarni raqamlarda aytadigan bölsam, daryodan olinayotgan suvning taxminan 50-60 foizi dalaga, ösimlikka yetib borgunça buğlaniş yöq bölib ketadi.
Ikkinçi tomondan, mintaqadagi suvning çegaralangani va odam soni muntazam ösişi natijasida suvdan foydalaniş hozirgidek davom etadigan bölsa, muammo kölami yanada kattalaşib ketadi.
Qolaversa, kuzatuvlar asosida ma'lum bölmoqdaki, iqlimning özgarişi mintaqada suvning kerak vaqtda yanada taqçillaşişiga olib keladi.
Uşbu grafikda Markaziy Osiyo hududida oyma-oy suv zaxirasining taqsimlaniş farqi keltirilgan. Misol uçun, xaritada fevral oyida regionimizning qaysi hududlarida yanvar oyiga nisbatan suv köpaygan (kök rang) yoki kamaygan (sariq rang) ligini köriş mumkin. Mart oyi suv taqsimlanişi fevral oyiga nisbatan, aprel oyining mart oyiga nisbatan va hokazo. Bu ma'lumotlar GFZ Potsdam ilmiy tekşiriş markazi hamda AQŞning NASA markazi hamkorligida fazoga uçirilgan GRACE sun'iy yoldoşi orqali har kuni töplanib boradi.
Buning uçun suv muammolariga ilmiy jihatdan yondaşib, uning natijalarini hayotimizga joriy qiliş lozim. Suv resurslaridan optimal darajada foydalanişimiz kerak. Bu muammolarni yeçişda ilm-fanni işlatmas ekanmiz, suvdan eskiça usulda foydalanişdan yiroqqa keta olmaymiz.
«Tabiatga bölgan munosabatni özgartiriş lozim»
— Markaziy Osiyoda ötmişdagi suv oqimlarining özgarişi haqida nimalar deya olasiz. Bu özgarişlarni tahlil qilgan holda suv oqimlari bilan kelajakda duç kelişi mumkin bölgan muammolarni oldindan taxmin qilsa böladimi?
— Markaziy Osiyoda yaqin ötmişda, afsuski, tabiatning insoniyatga qaytaradigan ehtimoliy javobiga e'tibor bermasdan suvdan foydalanilgan. Suv tugamaydigandek körilgan va undan xohlagança foydalanilgan. Bu bilan tabiat qonunlari e'tiborga olinmagan. Öşa ehtimoliy «tarsaki» esa juda qattiq tuşdi. Mana endi «nima qilamiz» deb boşimiz qotgan. Zararli oqibatlar röyxati uzun.
Bundan endi şunday xulosa qiliş mumkin: tabiatga bölgan munosabatni özgartiriş lozim. Bu nima bilan böladi? «Mana, suv serob-ku», deb işlatib ketaveriş emas, daryodan şunça suv olamiz deyilsa, «Töxta-çi, bundan tabiatga qança zarar yetadi?», degan tamoyil birinçi örinda tursa, maqsadga muvofiq bölardi.
Qolaversa, ekin ekiladigan tuproq holati ilmiy ravişda örganilişi zarur. Tuproq turi qanaqaligi, kutilgan natija beradimi yoki yöq — ilmiy asoslangandan keyin natijaga qarab iş köriş darkor.
Bevosita öz tadqiqotimiz doirasidagi işlarimizga töxtalsak, loyihamiz doirasida sun'iy yöldoş orqali mintaqadagi yerosti suvlari zaxirasini örganyapmiz. Holat şuni körsatadiki, Xorazm viloyati atrofida yerostida juda katta suv zaxirasi yiğilib qolgan. Bu suvdan köp va unumsiz usulda foydalaniş natijasidir. Aslida, bu suv Orolga ketişi kerak edi.
«Markaziy Osiyo toğ muzliklari yiliga 3 metrga pasaymoqda»
— Bugungi kunda kuzatilayotgan iqlim özgarişlarining Markaziy Osiyo yuqori toğ qor va muzliklariga ta'siri qanday?
— Iqlim özgarişining toğ muzliklariga ta'siri yuqori, negaki, muzliklarning öz massa balansi böladi. Ma'lumki, yozning issiq kunlari toğdagi muzlarning qaysidir qismi eriydi, qiş kelganda esa ustiga qor tuşişi bilan yana töplanadi. Agar muz ikki metr erisayu, yana şunça töplansa, bu me'yoriy holat. Ammo iqlim isişi oqibatida muzning erişi töplanişiga qaraganda köproqni taşkil qilmoqda va muzliklar öz massasini yöqotmoqda.
Buni qanday biliş mumkin? Oddiy odam nazarida bu kamayiş sezilmaydi. Çunki suv bir xilda şarqirab oqib kelyapti.
Biz yuqoridagi loyiha doirasida hamda Şveytsariyaning Frayburg universiteti bilan hamkorlikda bir qança kuzatuv-tadqiqotlarni olib boramiz. Qariyb ön yildan beri har yili iyulning ikkinçi yarmidan avgustning birinçi yarmigaça Markaziy Osiyo muzliklariga ekspeditsiya taşkil qilamiz. Şulardan biri Özbekistonda 4 ming metr balandlikda joylaşgan Pskom havzasidagi Barqroq va Paxtakor muzliklaridir.
Markaziy Osiyo muzliklarining toğlardagi taqsimlanişi hamda Şveytsariyaning Frayburg universiteti bilan hamkorlikda olib borilayotgan kuzatuv nuqtalari.
Muzga 6-7 metr uzunlikdagi maxsus belgi qöyiladi. Keyingi yil kelganimizda muzlik şu belgidan 3 metrga pastlagan böladi. Bu degani muzlik uç metrga erigan va şunga mos miqdorda massasini yöqotgan. Afsuski, balansi plyus bölgan muzlik hali kuzatilmadi. Bu öz örnida toğlarimizdagi muzliklarimiz davomiy ravişda erib borayotganidan dalolatdir.
Muzliklar juda qalin, hattoki ba'zilari 200-250 metrdan oşiq. Bunday muzliklar mintaqamizda 20 mingdan oşadi. Ulardan eriyotgan suv Orol dengizi havzasidagi yillik suv miqdorining taxminan 20 foizini taşkil qiladi.
Muzlikning massa balansini ölçaş jarayoni
Bir qaraganda e'tiborsizday köringan bu narsa yillar ötişi bilan ulkan muammolarga olib kelişi mumkin. Muzliklarning erişi iyunning ikkinçi yarmidan sentyabrning birinçi yarmigaça davom etadi va ayni suvga bölgan yuqori talab vaqtiga töğri keladi. Tasavvur qiling, ayni jazirama vaqtida suv keskin kamayib ketdi! Bu narsa yuzaga kelsa nima qilamiz degan savolni hozirdan qöyişimiz kerak böladi.
Iqlimning özgarişi, kelajakda yoz paytida suv resurslarining keskin kamayib ketişidan taşqari, toğli hududlarda muz erişi oqibatida hosil böladigan köllar köpayişiga ham olib keladi. Bu köllar tabiiy dambaga ega bölib, kelajakda toğli hududlarda kutilmagan toşqinlarga olib kelişi mumkin.
Markaziy Osiyo toğli hududlaridagi muzliklarning kamayib ketişi oqibatida hosil bölayotgan xavfli köllarning 1993 yildagi hamda 2018 yildagi körinişi. Muzliklarimizning kamayib ketişi, xavfli köllarning soni oşişiga olib keladi. Bu öz navbatida toğli hududlarda yoşovçi aholi uçun tahdid hisoblanadi.
Yana bir muhim narsa. Iqlim özgarişi oqibatida daryolarimizning rejimi özgarib ketiş ehtimoli yuqori. Buni qanday tuşuniş mumkin? Yoz faslidagi suv miqdori keskin kamayişini muzliklar yöqolib ketişi bilan boğlaydigan bölsak, qiş va bahorda daryolardagi suv miqdori köpayişi ehtimoli oşadi. Bu qişda qorning kamayişi bilan boğliq. Yildan yilga harorat kötarilib borişi, qişda issiq bölişi hamda va yoğingarçilikning köp qismi qor sifatida emas, yomğir sifatida yerga tuşişiga olib keladi.
—Muzliklarni va suv oqimlarining holatini doimiy kuzatib turiş uçun Markaziy Osiyoda kuzatuv stansiyalari yetarlimi?
— Yöq, yetarli emas. Aslida toğli hududlarda kuzatuv stansiyalari juda kam. Toğli hududlarning tabiat özgaçaligi sabab u joylarda köproq kuzatuvlarni olib boriş şart, çunki bu hududlar Orol dengizi uçun suv manbai hisoblanadi. Şunday ekan, kelajakda imkon qadar toğli hududlarda kuzatuv stansiyalari sonini köpaytiriş maqsadga muvofiq böladi.
«Kuzatuv ma'lumotlari tahlili asosida toğlarda qança qor borligini biliş va yozda suvni töğri taqsimlaş imkoni mavjud»
— Kuzatuv ma'lumotlarini yiğiş, ularni qayta işlaş va tahlil qilişda qanday yuqori texnologik vositalarga tayanasiz?
— Ilmiy işlarni amalga oşirişda, tabiatni ilmiy tomondan örganişda bizga kuzatuv ma'lumotlari kerak böladi. Bularsiz ilmiy tadqiqotlarni samarali amalga oşiriş mumkin emas. Kuzatuv ma'lumotlari har xil meteostansiyalar, gidropostlar yoki yerosti suvlarini örganadigan nuqtalardan, şuningdek, sun'iy yöldoş ma'lumotlaridan olinadi.
Loyiha doirasida toğlardagi stansiyalar sonini oşiriş maqsadida regionda 20dan oşiq avtomatik meteostansiyalar örnatdik. Şu jumladan, Özbekistonda törtta örnatildi. Bular asosan balandligi dengiz sathidan 3000 metrdan yuqorida, ekstremal iqlim şaroiti mavjud joylarga örnatildi. Biz bu kuzatuv stansiyalaridan har beş daqiqada ma'lumot olamiz.
Şuningdek, har bir joyga kuzatuv nuqtalarini qöyib çiqib bölmaydi. Ma'lum joyga örnatilgan kuzatuv nuqtalari orqali boşqa joylarda nima bölayotganini aniq biliş ham qiyin. Şuning uçun sun'iy yöldoş ma'lumotlaridan ham keng kölamda foydalanamiz. Bunda ma'lumotlarni nuqtaviy emas, keng masştabda oliş imkoni mavjud.
Bu ma'lumotlar tabiiy jarayonlarni örganişda juda katta rol öynaydi. Sun'iy yöldoşdan olingan ma'lumotlarning har kunlik tahlili asosida, misol uçun, qor keçagiga qaraganda bugun qança erigani yoki qiş kunlarida qorning har kunlik qançaga köpayganini biliş va toğlardagi suv zaxiralari miqdorini hisoblaş mumkin.
Uşbu kuzatuvlarni suv resurslari bilan şuğullanuvçilar uçun osonlaştiriş maqsadida, sönggi yillarda yangi dastur yaratganman. Bu dasturni MODSNOW deb nomlaganmiz. U toğlardagi qor zaxiralarini aniqlaşda katta yordam beradi. Ma'lumki, mintaqadagi suvning taxminan 60 foizi qiş mavsumida töplangan qorlar hisobiga hosil böladi. Şunday ekan, toğlarimizda qiş faslida qança qor töplanganini biliş, yoz fasli uçun qança suv zaxiralarimiz mavjudligi töğrisidagi ma'lumotga ega bölişimizga olib keladi. Mart-aprel oylarida toğlarda qança qor borligini biliş orqali yozda suvni töğri taqsimlaş imkoni paydo böladi.
Şu bilan birga tuproq haroratini, yoğingarçilikni, quyoş nurini ölçaydigan yana boşqa asboblar borki, ulardan olinadigan har 5 daqiqalik ma'lumotlarning ahamiyati öziga xos.
Yana bir kuzatuv metodlarimizdan biri suv omborlari hamda köllarning suvi miqdori va sathini sun'iy yöldoş orqali aniqlaş. Bu altimetriya deb ataladi. Şu orqali suv sathi qançaga kötarilgani yoki pasayganini aytib beriş mumkin. Masalan, bizda Çorvoq suv omborining suv sathi özgarişi töğrisida ma'lumotlar mavjud.
— Özbekiston bilan ilmiy işingizni amaliy tatbiq qiliş borasida hamkorlik qilyapsizmi?
— Ilmiy iş doirasida Özbekiston bilan hamkorlik olib boramiz. Yuqorida aytib ötgandasturimiz hozirgi kunda «Özgidromet»da rasman tatbiq qilingan. «Özgidromet» xodimlari uşbu dasturdan foydalangan holda yilning sersuv yoki qurğoqçil kelişi hisobi aniqligini oşiriş maqsadida foydalanişni boşlaşgan. Bundan taşqari, MODSNOW dasturi CAWa hamda Jahon bankining CAMP4ASB loyihasi doirasida Qozoğiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirğizistonda rasman tatbiq etilgan.
Joriy yilning dekabrida Germaniyaning Özbekistondagi xalqaro hamkorlik dasturi (GIZ) orqali Özbekiston suv xöjaligi vazirligida ilmiy-amaliy seminar ötkazmoqçimiz. Seminar innovatsion usullar yordamida suv zaxiralarini aniqlaş mavzusida bölib ötadi. Seminar doirasida yuqoridagi dasturimizni vazirliklar miqyosida tatbiq qiliş rejalaştirilgan. Ularga bu uskunaning foydali jihatlari körsatib beriladi.
Bu borada ularni qiziqtira olişimizga işonamiz. Negaki, 4 ming metr balandlikda stansiyalar yöqligi va toğlarimizda qança suv zaxirasi mavjudligi töğrisidagi ma'lumot mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanişga yordam beradi.
«Amudaryo va Sirdaryoga olingan suvni maksimal darajada qaytarib berişimiz kerak»
— Yaqin istiqbolda suv muammosiga qaratilgan qanday islohotlar bölişini istar edingiz?
— 60-70 yillardan boşlab Amudaryo va Sirdaryodan dalalarda paxta yetiştiriş maqsadida hisobsiz suv oldik. Natijada tabiatning javobini ham Orol dengizi misolida qabul qilib turibmiz.
Orol dengizi atrofida hozirda çang kötarilişi kuzatilyapti. Bu Orol dengizi ostida namlik etişmasligi tufayli kelib çiqmoqda. Demak, endi tabiatni hurmat qilişimiz kerakligini ham tuşundik.
Ana endi Amudaryo va Sirdaryoga olingan suvni maksimal darajada qaytarib berişimiz kerak. Şunda bir neça yillardan keyin Orol dengizi tomon suv borişi ehtimolini oşirgan bölamiz. Bu, albatta, oson iş emas, bunga katta masştabdagi işlar talab qilinadi.
Buning uçun, avvalo, nima qiliş kerak? Yerlarni yangiça tizimda suğorişga ötkaziş zarur. Şunda kanallarda suğorişga oqayotgan suvning 50-60 foizi isrof bölişi kamayadi. Xabarim bor, prezident taşabbusi bilan bu masalalar ustida işlar olib borilmoqda.
Iqlim özgarişi va suvni isrof qiliş oqibati yaxşilikka olib bormaydi. Şunday ekan, bunga hozirdanoq tayyor bölişimiz va kutilayotgan yangi şaroitga moslaşişimiz lozim.
Hozirda suğoriladigan yerlarimizning ança qismi şörlaniş muammosiga duç kelgan. Bu öz navbatida tuproq unumdorligini tuşirib yuboradi. Bu muammolarning ham kelib çiqişi suv resurslaridan oqilona foydalanmayotganimizdan dalolat.
Markaziy Osiyo hududidagi suğoriladan yerlarning taqsimlanişi sun'iy yöldoş orqali aniqlangan xarita. Qizil rang bir yilda ikki marta ekin ekiladigan maydonlarni, yaşil rang bir yilda bir marta ekin ekiladigan maydonlarni körsatadi.
Suvdan köp miqdorda foydalaniş oqibatida yerosti suvlari kötarilişi kuzatiladi. Buğlaniş natijasida yer sathidagi tuz katta miqdorda tuproq tarkibida qolib ketadi. Buning uçun respublikamizdagi suğoriladigan yerlar ilmiy tomondan örganib çiqilişi hamda uşbu yerlarda optimal ravişda foydalaniş me'yorlarini örganib çiqiş lozim. Bu öz örnida qişloq va suv xöjaligida ilmiy işlar sonini oşiriş orqali amalga oşirilişi mumkin.