Maqola Yuta, Janubiy Kaliforniya, Kornell universitetlari (AQŞ) hamda Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan yozilgan. Unda ta’kidlanişiça, Yer içki yadrosining aylaniş tezligi köp yillardan beri özgarib turibdi. Bu takroriy zilzilalardan kelib çiqadigan seysmik tölqinlar yönalişining vaqtinça özgarişi bilan boğliq.
Hozirgi kunda sayyoramizning içki yadrosi Yer sirtining aylanişiga nisbatan sekin va qarama-qarşi yönalişda harakatlanmoqda. Maqolada ta’kidlanişiça, olimlar 2040 yilga borib bu harakat butunlay töxtaşini prognoz qilyapti, biroq keyinçalik yadro yana aylanişni boşlaydi va balki Yer bilan bir xil yönalişda harakatlanadi.
Yerning içki yadrosi sayyoraning magnit maydonini şakllantirişda muhim rol öynaydi. U qattiq bölib, asosan temir va nikeldan taşkil topgan hamda sayyoraning qolgan qismidan suyuq taşqi yadro bilan ajratilgan. Bu esa uning butun Yerdan farqli tarzda aylanişiga imkon beradi. Taşqi yadro öz navbatida Yer pöstidan mantiya bilan ajratilgan.
Içki yadroning harakati va töxtaşi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. 2023 yil yanvar oyida Nature jurnalida Pekin universiteti olimlarining tadqiqoti e’lon qilingandi. Uşbu tadqiqotda olimlar 1960 yillardan boşlab takrorlanib turgan zilzilalar tufayli yuzaga kelgan seysmik tölqinlar yönalişlarini tahlil qilgan.
Tadqiqotçilar 2009-2020 yillar oraliğida Yerning içki yadrosi aylanişdan töxtab, yönalişini özgartirgan bölişi mumkinligi haqida xulosa çiqargan. Ular kuzatuv natijalari Yer magnit maydonidagi va kunning davomiyligidagi özgarişlar bilan mos kelişini ta’kidlab ötgan.
Olimlar yana bir farazni ilgari surdi: Yerning qattiq yadrosi taxminan har 35 yilda töxtab, aylaniş yönalişini özgartirişi mumkin, butun sikl esa taxminan 70 yil davom etişi mumkin. Ular ötkazgan seysmik ma’lumotlar tahlili körsatişiça, bundan avval yadroning töxtaşi va aylaniş yönalişining özgarişi 1970 yillarning boşlarida sodir bölgan.










