Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 2 yilda 3,2 barobarga kamaydi
Toshkent shahrida 13-14 noyabr kunlari “Odam savdosiga qarshi kurashishda sudlarning o‘rni” mavzudagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva konferensiyada ko‘tarilgan mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida oxirgi ikki yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar qariyb 3,2 barobarga kamaydi. Majburiy mehnat masalasida shu yilning o‘zida 250 nafar mansabdor shaxsga ma'muriy javobgarlik qo‘llanildi.
Lekin bu bilan sohada muammolar hal etildi, deb ayta olmaymiz. Ayniqsa, huquq-tartibot organlarining xalqaro hamkorlik ishlari bugungi kun talabiga to‘liq javob bermaydi. Odam savdosi jinoyati – nafaqat bir davlatning muammosi, bu – transmilliy jinoyatdir. Bu hudud va chegara tanlamaydi.
Jinoyatlarning qaysi bir turi bo‘lmasin, bu insoniyat sivilizatsiyasiga ochiqdan-ochiq to‘siq bo‘lmoqda. Shuning uchun, har bir davlat odam savdosi bo‘yicha jinoyatlarga qarshi ayovsiz kurashishi, sud idoralari qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolatni o‘rnatishi, jinoyatlarni sudlarda ko‘rishda jazo muqarrarligi prinsipiga qat'iy rioya qilish kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu masalada xalqaro hamkorlik masalasi shu majlisda kelishib olinishi zarur», – deydi Tanzila Norboyeva.
Konferensiyaning ilk kunida xorijiy va o‘zbekistonlik ekspertlar so‘zga chiqib, masala yuzasidan o‘z taklif va muloxazalarini bildirishdi.
To‘rtta sessiyadan iborat konferensiya ikki kun davom etadi.
Mavzuga oid
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
17:44 / 04.02.2026