Turkiyaning S-400dan voz kechishini talab qilishga AQShning haqqi yo‘q - Erdo‘g‘an
AQShning S-400 tizimlaridan voz kechishni talab qilishi Turkiyaning suveren huquqlari buzilishidir, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Vashingtonda o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha.
"Biz S-400dan butkul voz kechish talabini to‘g‘ri deb hisoblamaymiz. S-400dan butunlay voz kechish va Patriot tizimiga o‘tishning imkoni yo‘q. Biz Patriot sotib olishimiz mumkinligini aytdik, lekin uni sotib olib S-400dan voz kecha olmaymiz. AQSh bizning suveren huquqimiz evaziga o‘z hisob-kitobini qilmoqda", - dedi Erdo‘g‘an.
Iyul oyi o‘rtalarida Rossiya Turkiyaga S-400 zenit-raketa majmualarini yetkazib berishni boshladi.
Vashington Turkiyadan ushbu kelishuvni bekor qilishni va uning o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni talab qildi hamda sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi. Anqara bu talabga bo‘ysunmadi.
Mavzuga oid
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
00:08 / 30.10.2024
Turkiya tashqi tahdidlarning oldini olish uchun yangi harbiy platformalar yaratadi
11:30 / 26.10.2024
Erdo‘g‘an RFga «g‘alla bitimi»ni davom ettirish bo‘yicha hujjatlarni topshirdi
01:02 / 24.10.2024