Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Chegara qo‘shinlari mahsulotlarni noqonuniy ravishda olib kirayotgan chegara buzg‘unchilarining navbatdagi urinishiga chek qo‘ydi
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga tovar moddiy boyliklarini noqonuniy ravishda olib kirayotgan shaxslarning navbatdagi urinishiga chek qo‘yildi.
O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari xabariga ko‘ra, ushbu holat Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi Gorgaz mahallasida qayd etildi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olish vaqtida qonunbuzarlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari hududlarida o‘zlariga tegishli yuklarni tashlab, voqea joyidan yashirinishgan.



Qo‘lga olingan yuklar tekshirilganda umumiy qiymati 129,5 mln. so‘mga teng sifati shubha ostidagi parfyumeriya mahsulotlari ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarlarni aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
08:18 / 04.06.2026