Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB: O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni o‘yinida jamoat tartibi buzilishi bilan bog‘liq holatlar qayd etilmadi
Kecha, 14 noyabr kuni, Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida futbol o‘yini bo‘lib o‘tdi.
IIBB xabariga ko‘ra, o‘yinga bildirilgan katta qiziqish sababli, 14 noyabr kuniga qadar 18.000 ta chipta sotilgan bo‘lsa, o‘yin kuni soat 17.15 gacha umumiy 29.000 ta chipta o‘z egalariga tarqatilgan. Futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar sotuvi 31 oktabr kunidan iTicket.uz sayti orqali ham amalga oshirildi. Natijada 30 ming kishiga mo‘ljallangan stadionga qariyb 40 mingta tomoshabin tashrif buyurgan.
Qayd etilishicha, ko‘pchilik chipta xarid qilish niyatida stadionga o‘yin boshlanishiga yarim soat qolganda kelgan. Chiptalarni ilgariroq xarid qilgan tomoshabinlarning ba'zilari uchrashuv boshlanish arafasida kelgan bo‘lsa, ba'zilar kechroq yetib kelishdi. Barcha chiptalik va chiptasizlar stadionga kirish darvozalaridan o‘rnatilgan nazorat punktlari atrofida to‘planishgan. Natijada chiptasizlar va kech qolganlar soat 17.30 da tartibsizlikni yuzaga keltirishgan. Aynan chiptasizlar tiqilinch oqibatida stadionga kirib olish maqsadida tartibsizlikka sabab bo‘lishgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning navbatda turib chiptani taqdim qilish haqidagi iltimoslariga jahl qilganlar chetga olinib, chiptasi bo‘lgan, ammo kech qolgan futbol ishqibozlari kiritildilar.
Reja bo‘yicha bu kabi katta sport tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash uchun PPX, otli otryad, kinologlar hamda Milliy gvardiya xodimlari jalb qilinar edi. Toshkent shahar IIBB va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya xodimlari jamoat tartibini saqlagan holda, chiptasiz kelgan kishilarga hamda chiptaga ega bo‘lgan, ammo tekshiruvni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolarga bu kabi tadbirlarga kirish qoidalarini va sumkalarni tekshirish zarurligini tushuntirishgan. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tadbir davomida jamoat tartibini saqlashga va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashga jalb qilingan butun shaxsiy tarkibga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
“Alohida qayd etish joizki, jamoamiz mag‘lubiyati tomoshabinlarni ranjitgan bo‘lishiga qaramasdan, hech kim tartibni buzilishiga sabab bo‘lmadi. Natijada tadbir hodisalarsiz yakun topdi.
O‘tgan tadbir natijalariga ko‘ra qayd etilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda, Toshkent shahar IIBB tomonidan tashkilotchilarga tegishli takliflar kiritiladi.
Hurmatli fuqarolar! Yuqoridagi kabi tadbirlarga chiptalarni ilgariroq xarid qilishingizni va tadbir o‘tkaziladigan joyga besh daqiqa qolganda emas, ilgariroq kelishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:35 / 16.05.2026
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:24 / 10.04.2026