Ijtimoiy tarmoqlardagi çipta sotuvi bilan boğliq tanqidlarga Iwash brendi bilan tanilgan Otabek Jörayev qöşimça izoh berdi. U fan-klub çiptalariga umuman aloqasi bölmagani, faqat vizasi çiqmay qolgan muxlislarning çiptalarini boşqalarga sotişga yordam berganini ta’kidlayapti.

“Özbekistondan Amerikaga borib, 5 ta çipta sotganman. 20 ming dollar xarajat qilib, 2-3 ming dollar topaman deb bordim. Mantiqqa töğri keladimi? Yaxşilab öylab köringlar.

Birinçidan, stadion taşqarisida qolib ketgan “beçoralar”dan boşlaymiz. 2-3 nafar özbekistonlik sun’iy ravişda çipta narxini oşirib yuborarkan-da? Kongoliklar taşqarida nima qilayotgandi? Ularga ham özbeklar bilet sotganmi, şunda? Stadionga 71 ming nafar odam ketarkan. 68 ming nafar muxlis bilan deyarli töldi. Hamma biladi, çipta qança kam qolgan sari, narx-navo şunça kötarilib ketadi. Bu tabiiy. Amerikada, oçiq bozor iqtisodiyotida yaşab, şuni bilmadinglarmi?

Ikkinçidan, sizlar mehmon, biz mezbon deyapsizlar. Xuddiki, biz Amerikalaringni olib qöyadiganday. Xöp, sizlar nimaga şu yerda böla turib oldindan çipta sotib olmagansizlar? Yilning boşidan beri FIFAning rasmiy saytida turgandi. Bizlar Özbekistondan turib çiptani olganmiz.

Uçinçidan, çipta sotişga keladigan bölsak, özlaring menga çipta bormi, deb aloqaga çiqdilaring. Köçada yöq ekanmi, çipta? Menam köçada çipta sotib yurganim yöq edi. Sizlarning işlaringni yengil qilgan bölsam, men aybdor bölamanmi? Vizasi çiqmaganlar menga aloqaga çiqib, çiptasini sotib berişimni söradi. Boşqa tomondan çipta kerak deyişdi. Menam örtada yordam beribman. Özimnikini ham qöşib sotib yuboribman. Oxiriga kelganda öğlimga ham bilet topa olmay qoldim. Bitta akamiz Toşkentdan aloqaga çiqdi, çiptamni sovğa qilib yuboraman deb. Maydalaşadigan bölsam, uni ham isbotini körsatib beraman. Beşta çipta sotganman, 68 ming odam kirgan stadionga. Qanaqa qilib narxni sun’iy ravişda oşirib yuborgan bölişim mumkin. Mingta sotgan taqdirimda ham bozorga ta’sir ötkaza olmayman. Fan-klub çiptalariga-ku umuman aloqam yöq. Men bu joyda ötirganim ham yöq. Fan-klub çiptalarini Amerikada turib ham olsa bölardi. Çiptani bepul bersangiz bölmaydimi, deb qöyişadi. Men nimaga bepul berişim kerak? Bu xayriya tadbirimi? Bu futbol. Pulga olinadi. Kap-katta erkaklarga men nimaga bepul berişim kerak?

Amerikaning özida özbeklarimizning çipta sotuvi böyiça alohida guruhlari bor ekan. Şulardan ortib menga telefon qilibsizlar, demak ularda qimmatda. Arzon ham sotgan bölib qolyapmanmi?

Futbolka masalasiga keladigan bölsak, mening umaman aloqam yöq. Bepul ham tarqatişdi, kördinglar. Pullilariga keladigan bölsak, rasmiy saytda 33 dollarga turibdi. Şuni 40 dollardan 70 dollargaça sotişdi. Bu ularning işi, özining puliga olgan”, deydi Otabek Jörayev.