Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda to‘sqinliksiz harakat qilish huquqiga ega mashinalarning o‘tib ketishiga xalaqit berganlik uchun jarima keskin oshiriladi
O‘zbekistonda to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berganlik uchun jarima miqdori keskin oshiriladi.
Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasida aytiladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-5-modda (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) birinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtirilishi rejalashtirilyapti.
Endilikda, transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida (amaldagi tahrirga ko‘ra - besh baravari miqdorida) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya'ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi - eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish - eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
21:12 / 14.05.2026