Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron rasmiylari namoyishchilarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishidan ogohlantirdi
Foto: EPA/STRINGER
Eron fuqarolari qonun doirasida norozilik namoyishlari uyushtirishga haqli, biroq namoyishlar vaqtida vandallik holatlari davom etsa, xavfsizlik kuchlari “o‘z majburiyatlarini bajarishni” boshlaydi. Bundan Eron ichki ishlar vaziri Abdulrizo Rahmoniy Fazliy ogohlantirdi.
Uning ta'kidlashicha, namoyishchilar o‘zlarining noqonuniy harakatlari bilan aholiga ko‘plab muammolar yetkazgan. Jumladan, jamoat mulki, avtomobillarga shikast yetkazilgan hamda yo‘llar to‘silgani sababli odamlar tirbandliklarda turib qolgan.
Fazliyning aytishicha, xavfsizlik kuchlari shu kungacha bosiqlik ko‘rsatib keldi, biroq tartibsizliklar davom etsa qat'iy choralar ko‘radi.
“Har qanday vaziyatda mamlakat xavfsizligi va odamlar osoyishtaligi huquq-tartibot idoralari, xavfsizlik kuchlari va qurolli kuchlarning ustuvor vazifasi hisoblanadi”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.
16 noyabrga o‘tar kechasi Eronning bir nechta shahrida benzin narxi ko‘tarilishiga qarshi namoyishlar boshlandi.
Ta'kidlanishicha, Eronda xususiy avtomobillarga har oy 60 litr benzin arzonlashtirilgan narxda sotiladi. Hukumat benzin narxini 50 foizga oshirishga qaror qilgach, cheklov doirasidagi benzin narxi 10 mingdan 15 ming rialgacha (30 sentdan 45 sentgacha), limitdan oshgani esa 30 ming rialgacha (90 sentgacha) ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
16:17 / 11.02.2026
Netanyahu yana AQShga kelyapti: “Eron masalasi” kun tartibida
09:21 / 11.02.2026
Tramp Eronga “juda qattiq choralar” va yana bir aviatashuvchi bilan tahdid qilmoqda
08:22 / 09.02.2026
Eronda Nobel mukofoti laureati 7,5 yil qamoqqa hukm qilindi
11:19 / 07.02.2026